O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Suyaklar chiqishi. Bir yoki bir qancha suyaklarning bo’g'imlardagi normal 
holatidan surilishi suyak chiqishi deb ataladi. Shu bilan birga bir suyakning bo'gim 
sathi ikkinchi suyakning bo’g'im sathidan surilib ketadi va bo’g’im xaltachasining 
yurilgan joyidan chiqib ketadi. 
Suyaklar to’la va qisman chiqishi mumkin. Agar surilish natijasida bo’g’im 
yuzalari bir-biriga tegmay qolsa, to’la suyaklar chiqishi deyiladi. Agar, surilish 
natijasida bo'gim yuzalari bir-biriga qisman tegib tursa, to'la bo'lmagan qisman 
suyaklar chiqishi deyiladi. 
Suyaklar chiqishi sabablariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1) tug'ma 
suyaklar chiqishi: 2) travmatik suyaklar chiqishi; 3) patologik suyaklar chiqishi: 4) 
odat bo'lib qolgan suyaklar chiqishi farqlanadi. 
Klinik belgilari. Bemor kishi asosan bo'g'imi og'riyotgani va harakat qila 
olmayotganidan shikoyat qiladi, harakat qilishga urinib ko'rilganda bo'g'imdagi 


og'riq kuchayadi, shishadi, chiqqan oyoq yoki qo'l uzunligi o’zgaradi. Qo'1-oyoq 
chiqqan bo'gimda kuchli og’riq bo'lib, uni o'z o'rniga qo'yishga harakat qilinsa
yana asl holiga keladi. Bu belgi prujinasimon fiksasiya simptomi deyiladi. Ba'zan 
zararlangan qo'l yok oyoq karaxt bo'lib qolishi ro’y beradi, bu holat nerv tolasi 
qisilishidan va chiqqan suyak bo’lagini spastik ravishda qisqargan mushaklar 
qimirlatmay qo’yishi natijasida kelib chiqadi. Ko'zdan kechirish paytida qo'l-
oyoqning noto'gri holati va bo’g'im sohasining shakli buziladi. 
Ba'zida suyakning siljigan uchi o'z joyida emasligi aniqlanadi. Masalan: yelka 
suyagi chiqqanda uning boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak mushagi ostida ekanligini 
ushlab aniqlash mumkin. Bemor odatda, tirsagini bukkan holda gavdasidan 
uzoqroq qilib turadi. Nerv qisilib qolgan bo’lsa, bemor oyoq-qo'li 
holsizlanganligidan shikoyat qiladi. Suyaklar chiqishini tashxisi rentgenografiya 
yordamida aniqlanadi, unda simmetrik bo'g'imlar solishtirilib ko’riladi. 
Suyaklar chiqqanda birinchi vrachgacha yordam ko'rsatish. Suyagi chiqqan ya'ni 
shikastlangan oyoq yoki qo’lning bo'gim sohasiga sovuq kompress qo’yish kerak. 
qimirlamaydigan qilib immobilizasiya qilinadi. Qo'l ostida bo'ladigan taxta, 
reykalar bilan immobilizasiya qilish kerak. Qo’l suyaklari chiqqanda kosinka 
yordamida bo'yinga osib qo'yiladi, oyoq suyaklari chiqqanda oyoqni taxtakach 
yoki qo'shimcha vositalar bilan mahkamlash kerak. Og'riq kuchli bo’lganda, og’riq 
qoldiradigan dorilar (analgin, baralgin) ishlatish kerak. Bemor tezda davolash 
muassasasiga olib
boriladi. Chiqqan suyak o'z o'rniga solinadi.
Teri va shilliq pardaning mexanik ta'sir natijasida butunligi buzilishiga 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin