O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Elektr tokidan shikastlanish



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Elektr tokidan shikastlanish. 
Sanoat, qishloq xo’jaligi va kundalik hayotda elektrlashirishni ko'p qo'llash, elektr 
tokidan shikastlanishlar sonini ko'paytirib yubordi. Elektr simlarining ikkala 
qutbini ushlaganda tokdan shikastlanish ro’yobga keladi, bu boshqa kuyishlardan 
farq qiladi. Elekir tokining ta'sir qilishi uning kuchiga, kuchlanishi va ta'sir 
davomiyligiga bog'liq bo'ladi. Elektr tokining ta'siri natijasida elektroliz (bug' yoki 
gaz hosil bo'lishi) ro’yobga kelib, suyakda fosfor tuzlari eriydi. Yuqori 
kuchlanishdagi shikastlanish nafaqat terini balki mushak va suyaklarni ham 
zararlantiradi. Mushak ko’chadi. "Tunel" paydo bo'lib, qontalash kuzatiladi. Bu 
o'zgarishlar tokning kirish, shuningdek, chiqish joylarida ro'y beradi. Elektr 
tokidan shikastlangan sohada sarg'ish- qo’ng'ir yoki kulrang kuyish jarohatlari 
yuzaga keladi. Ular odatda katta bo’lmasdan 2-3 mm. o'rtasi past va atrofi 
do’mboqcha kabi ko’tarilib turadi. Termik kuyishdan farqli elektrdan kuyishda 
giperemiyu va og’riq bo'lmaydi. Bu belgilar tok chiqish joyida mavjud bo'lishi 
mumkin. Chuqurligini qiyin, ba'zida mushak, nerv, qon – tomirlar, suyaklar 
zararlanishi, tok o'tgan sohada tunel yoki bo'shliqlar hosil bo'lishi mumkin. Elektr 
tokidan shikastlanganda mahalliy va umumiy belgilar kuzatiladi. 
Umumiy belgilar har xil bo’ladi, u tokning ta'sir qilish davriga bog'liq. Yengil 
hollarda qo’rquv, darmonsizlik, hushdan ketish, ko'ngil aynishi kuzatiladi. Og'ir 
hollarda esa shok belgisi, chala o'lim holatiga ham sabab bo'ladi. Shikastlanganda 
nafas olishning to'xtashi, yurak fibrillyasiyasi yuzaga keladi. 
Elektr toki urganda birinchi yordam ko'rsatish 


1. Elektr toki ta'sirini zudlik bilan to'xtatish zarur. Butun zanjirdan tokni uzish, 
tayoq bilan yoki rezina qo'lqop bilan simni olib tashlash nuimkin. 
2. Nafas olish va qon aylanish to'xtagan bo'lsa sun'iy nafas oldiriladi va yurakni 
tashqi massaj qilish zarur. 
3. Kuygan joyga bog’lam qo’yish zarur. 
4. Bemorni isitish, issiq choy yoki kofe berish lozim. 
5. Shikastlangan kishi tezda kasalxonaga yetkaziladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin