ta'minlash lozim. Nashatir spirti bug'lari hidlatiladi. Og'ir hollarda sun'iy nafas
oldiriladi.
KOLLAPS
Kollaps deb arterial va venoz bosimning keskin pasayishi
va tomirlarda
aylanadigan qon miqdorining kamayishi bilan xarakterlanadigan o’tkir yurak
tomirlar yetishmovchiligiga aytiladi.Kollaps og’ir yuqumli kasalliklarda (holera,
salmonellez, dizenteriya). Ko'p qon ketganda, shikastlanganda, gavda vaziyatining
gorizontal holatdan vertikal holatga tez burish (ortostatik kollaps) natijasida,
ovqatdan zaharlanishda yuzaga keladi.
Klinikasi. Bemor hushini yo’qotmagan holda qattiq tashnalikdan shikoyat qiladi.
Teri qoplamlari keskin oqarib. sovuq ter bosadi, tez-tez yuzaki nafas oladi. Tana
harorati, qon bosimi pasayib, og’zi quriydi. Puls tezlashgan, ipsimon bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: