Mavzu: Оvqat hazm qilish, endokrin va moddalar almashinuvi hamda siydik
tanosil sistemalari kasalliklari
R E J A:
1.Ovqat
hazm qilish organlar tizimi kasalliklari haqida umumiy ma'lumot, kelib
chiqish sabablari, klinik manzarasi. birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va
profilaktikasi
.
2. Diffuz toksik buqoq va qandli diabet kasalligi, kelib chiqish sabablari. klinik
manzarasi, giperglikemik va gipoglikemik
koma holatlarida
birinchi tibbiy yordam
ko’rsatish, oldini olish choralari.
3.Siydik tanosil organlari
tizimi kasalliklari haqida umumiy ma'lumot, kelib
chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi vrachgacha
yordam berish,
profilaktikasi.
4.Buyrak tosh kasalligi, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, buyrak sanchig’i
xuruji va o'tkir siydik tutilihida birinchi vrachgacha yordam ko’rsatish.
Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklariga gastrit, oshqozon va o’n
ikki barmoqli
ichakning yara
kasalligi, enterit, kоlit, pankreatit, xolesistit kabi kasalliklar
kiradi.
Gastrit - oshqozon shilliq qavatining yallig'lanishi kasalligidir.
Etiologiyasida alimentar - ovqat omili katta ahamiyatga ega. Sifatsiz ovqat ist'emol
qilish, haddan tashqari issiq, sovuq, achchiq ovqatlar yeyish, buzilgan ovqatlarni
yeyish, ovqatni
yetarli chaynamaslik gastrit kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ayrim
hollarda gastrit qator boshqa ichki kasalliklardan keyin kkilamchi
rivojlanadi. Masalan: yurak yetishmovchiligida (dimlanish hisobiga), yuqumli
kasalliklarda (angina.gripp.sil), kasb kasalliklarida (kislotalar, ishqorlar, simob,
qo’rg'oshin, fosfor va hokazo bilan ishlash), ta'sirlovchi
dori moddalar qabul
qilganda (asetilsalisilat kislota, gormonlar, kaliy yodit, rezerpin) va boshqalarda.
Shunday qilib gastritning kelib chiqishida ham ekzogen (tashqi), ham endogen
(ichki) omillar ahamiyatga ega. Kechishiga qarab o'tkir va
surunkali gastritlar
farqlanadi. O'tkir gastrit odatda ovqatlanish tartibi buzilganda ovqatdan 3-5 soat
o’tgach rivojlanadi, ba'zan u shiddatli kechishi ham mumkin.
Klinik manzarasi. Bemor ishtashasi yo’qligidan, ko’ngil aynishi, kekirish, ovqat,
Dostları ilə paylaş: