O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Diabetik komani davolash. Diabetik komada zudlik bilan 100 B. gacha teri ostiga 
(insulin) yuboriladi. Uni venaga quyish ham mumkin. Agar bemorni ahvoli 
yaxshilanmasa, insulin yuborishni bemorni komatoz holatdan chiqarguncha davom 
ettiriladi. (30-40 ТВ. har 1,5-2 soatda). Bemorlarga 50-100 ТВ. insulin 
yuborilganda ayni vaqtda venaga 20-40 % li glyukoza eritmasi tayinlash zarur. 
Organizmning suvsizlanishiga qarshi kurashish uchun izotonik natriy xlorid 
eritmasi teri ostiga yuboriladi. Insulin dozasi oshirib yuborilganda, gipoglikemik 
holati rivojlanadi. Bemorda keskin darmonsizlik, qattiq ochlik sezish, oyoq qo'llar 
titrashi namoyon bo'ladi va komaga olib kelishi mumkin (teri oqargan, ko'z 
soqqalari tonusi oshgan). 
1. Gipoglikemik komani davolash. Bemorni komatik holatdan chiqarish 
uchun ba'zan unga bir stakan shirin choy berishning o’zi kifoya qiladi. Agar 
bemor hushdan ketgan bo’lsa venaga glyukoza yuborish zarur. (50 ml gacha 
40 %li eritma). 
Sistit (yunon. kustik -qovuq. itis - yallig'lanish) qovuqning yallig’lanishi. Siydik 
ajratish tizimi organlari kasalligi bo'lib, erkaklarda ham ayollarda, ham ko'p 
uchraydi.Kasallik qovuqqa turli infeksiyalarning tushishi natijasida yuzaga keladi. 
Sovqotish, spirtli ichimliklar ichish, dudlangan narsalar, ziravorlani ko'p iste"mol 
qilish, qabziyat sabab bo'lishi mumkin.Sistitda bemor oz-ozdan tez-tez (har 10-15 
minutda) siyadi, siyganda og'riq sezadi; og'riq ayniqsa siygisi qistaganda va 
siygandan o’ng zo’rayib lovullash, achishish paydo bo'ladi. Ba'zan siydikka qon va 
yiring bo'lishi mumkin. Kasallikning o'tkir davrida to’la va to'g'ri davo qilinsa 
bemor sog’ayib ketadi. Aks holda, surunkali tus oladi. Kasallikning og'ir-yengil 
o’tishidan qat'iy nazar, bemor yotishi shart. Spirtli ichimliklar ichish, achchiq, 
sho’r ovqatlar is'temol qilish taqiqlanadi. Don moddalaridan antibiotiklar va 
nitrofuran qatori preparatlari buyuriladi. Bemorga ko'p suyuqlik: sut, choy, issiq 
kompot, mineral suv va boshqalar ichiriladi. Sistitning oldini olishda shaxsiy 
gigiena qoidalariga rioya qilish, turli yallig'lanish kasalliklarini o’z vaqtida 
davolash zarur.
Glomerulonefrit - asosan buyrak kalavasi qon tomirlarining yallig'lanishi 
hisoblanadi. U o'tkir yoyilgan, surunkali yoyilgan va o’choqli bo'lishi mumkin. 
Yoyilgan o'tkir glomerulonefrit infeksion-allergik kasallik hisoblanadi. 
Kasallikning kelib chiqishida streptokokk asosiy o'rin tutadi. U sezgir buyrak 
to'qimasiga sensibilizasiyalovchi ta'sir ko’rsatadi. Streptokokkli infeksiyalardan 
angina, qizamiq, epidemik gripp, yuqori nafas yo'llarining mavsumiy kasalligidan 
keyin rivojlanadi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin