O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Klinik manzarasi. Kasallik et uvishishi, yuqori harorat, bosh og'rishi, yurakni tez-
tez urishi, hansirash bilan o'tkir boshlanishi mumkin.Reflektor ravishda ko’ngil 
aynishi, qusish, qorin dam bo’lishi mumkin. Siydik ajralishi tezlashadi va og'riqli 


bo'ladi. Belda ko'pincha qovuq ustida simillagan og'riq bo'ladi. Tekshirilganda til 
quruq, karash bog'lagan. 
O'tkir pielonefritda shish va arterial bosimning ko’tarilishi kuzatilmaydi. 
Kasallik ba'zan zimdan boshlanadi va rivojlanadi. Belda og’riq va dizurik holatlar 
bo’lmasligi mumkin. Harorat subfibrilgacha ko’tariladi. Faqat siydikka ko’p 
miqdorda leyskositlar bo'lishi mumkin.
Bu ko'pincha borlalarda va xomilador ayollarda uchraydi. O’tkir pielonefritning 
kechishi 1-2 haftagacha cho’ziladi, ba'zan u surunkali turga o'tadi. 
Davosi. O’rinda yotish rejim. Dieta № 7. Mo’l suyuqlik ichish tayinlanadi: bir 
necha stakandan mineral yoki oddiy suv, kompot, sut, meva sharbatlari har kuni 
kundalik normal ichimlik rasionidan ortiq miqdorda ichiladi. Antibiotiklar va 
sulfanilamid preparatlari qo'llaniladi. 
Profilaktikasi. Bu avvalo siydik chiqaruv kanali, qovuqdagi yallig'lanish 
kasalliklarini o’z vaqtida davolash oldini olishdir. Gigienik qoidalarga rioya qilish 
muhim rol o'ynaydi. 
BUYRAK TOSH KASALLIGI. 
Buyrak qonkrementlari odam organizmida avitaminoz, xususan avitaminoz A da 
modda almashinuvi (tuz mineral) prosesslarining buzilishi natijasida, buyrak 
jomidagi dimlanish hodisalarida siydik turib qolganda, qonkrementlar hosil bo'lishi 
uchun asos hisoblangan siydik 
kislota tuzlari (uratlar) kristallaridan hosil bo'lishi mumkin.
Buyrаk konkrementlarining tarkibi turlicha bo'lishi mumkin. Ularning rangi va 
zichligi shunga bog’liq Oksalat konkrementlar to’q-qo’ng'ir, qattiq, yuzasi g'adir-
budur bo'ladi. Fosfor konkrementlar och kul rang, urat konkrementlar sariq, qizil, 
silliq, oksalat konkrementlarga qaraganda qattiqligi kam. Buyrak konkrementlari 
yakka-yakka va ko'p sonli bo'lishi mumkin, qum zarrasidan yirik tuxum 
kattaligigacha bo'ladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin