O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Mavzu: Asab-ruh tizimi kasalliklari



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

 


Mavzu: Asab-ruh tizimi kasalliklari 
 
REJA: 
 
1) Nevrozlar, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi tibbiy 
yordam
ko’rsatish, oldini olish choralari. 
2) Epileptik tutqanoq etiologiyasi, klinik belgilari,birinchi tibbiy yordam 
ko’rsatish. 
3) Insult, kelib chiqish sabablari, klinikasi, birinchi yordam ko’rsatish, 
profilaktikasi. 
Nevrozlar 
Nevrozlar uzoq davom etadigan ruhiy kechinmalar natijasida oliy nerv 
faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadigan nerv-psixik kasalliklar hisoblanadi. 
Bu kasalliklar nerv tizimi zaif kishilarda osonroq kelib chiqadi. Simptomatik 
kasalliklar, haddan tashqari charchash, uyqusizlik, spirtli ichimliklar va giyoxvand 
moddalarni is'temol qilish jinsiy zaiflikni osonlashtiradi.NevrozIarni quyidagi 
klinik formalari farq qilinadi. 
1. Nevrosteniya 
2. Isteriya. 
3. Psixosteniya. 
Nevrosteniya-yunoncha "newron" -nerv, "asteheria" darmonsizlik degan ma'noni 
anglatadi.Nevrosteniyaga asosan uyqu va ovqatlanish rejimining buzilishi, 
surunkali zaxarlanishlar (ichimlik, giyoxvandlik) ko'rinishidagi organizmni 
zaiflashtirib qo’yadigan omillarning borligi, ustiga odamning haddan tashqari ko'p 
charchashi, ko’ngilni og'ritadigan his-tuyg'ularni boshdan kechirish sabab bo'ladi. 
Kasallikning bu turida bemor salbiy taasurotlarga osongina beriluvchan bo'ladi. 
Klinik manzarasi. Nevrosteniyaning asosiy belgilaridan biri jonga tegadigan 
darmonsizlikdir. Bu nerv sistemasining ortiqcha qo’zg'aluvchanligi va tezda 
holdan toyib qolishi bilan ifodalanadi. Bemorlar arzimagan gap yoki boshqa tashqi 
taasurotlardan g'azablanib, baqirish, sikinish bilan javob beradi-yu, lekin darrov 
tinchlanib qoladi. Bilib o’tgan voqealardan afsuslanib kechirim so’raydi, ba'zan 
yig'lashga tushadi. Kayfiyati buziladi, tushkunlikka tushadi, atrofdagilarga 
qiziqishi yo’qoladi. Odam tez charchab qolishi tufayli mehnat qilish qobiliyati 
pasayadi. Bemorlar xotirasi yomonligidan nolishadi. Uyqusi yuzaki bo'lib qoladi, 
turli vahimuh. Qo’rqinchli tushlar ko’ra boshlaydi. 
Uyqudan lanj bo'lib turadi. Boshini bir "xalta" уuk qisib turhandek bo'lib 
seziladigan bosh og’rig’i yurak sohasini sanchib turishi, og’rishi, quloq 
shang’illashi, bosh aylanishi ko'z oldining qorong’ilashishidan nolishadi. Ularda 
fikrlash, o’zlashtirish, eslash qobiliyatlar susayadi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin