O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Davolash. Psixoterapevtik vositalar va dori-darmonlar qo'llaniladi.Kasallikka 
davo qilinsa u yo’qolib ketishiga, ovqatlanish va uxlash rejimiga qattiq rioya qilish 
kerakligiga bemorni qattiq ishontirish zarur. Vahimalar zo’rayib, uyquni juda buzib 


qo’yadigan davrlarda antideprisantlar, trankvilizatorlar (elenium. relanium, 
seduksen) buyuriladi. 
Insult (miyaga qon quyilishi) 
Miyaga qon quyilishi gipertoniya kasalligi va bosh miya tomirlari aterosklerozi 
asoratidir. Kasallik to’satdan hech qanday alomatlarsiz bedorlik davrida ham, 
uyquda yotgan paytda am paydo bo'ladi. Bemor hushidan ketadi, bu davrda qusish, 
beixtiyor siydik va axlat ajralishi mumkin. Yuz giperemiyalanib (qizarib) qoladi, 
burun-quloqlar ko’karadi. Nafasni buzilish xarakterli bo'lib, nafas qisishi bilan 
birga shovqinli xirillab chiqadigan nafas olishni to’xtashi yoki har-xilda siyrak 
nafas olish bilan almashinadi. Puls birdaniga sekinlashadi - minutiga 60-70 marta 
uradi. Ko'pincha oyoq-qo'llarning falaj bo'lib qolganligi, yuz assimetriyasi 
(yuzning bir tomonida mimika muskullarining falaji) va anizakoriya 
(qorachiqlarining bir xil emasligi) kuzatiladi. Ba'zan insult juda jadal kechmasligi 
mumkin, biroq hamma vaqt oyoq-qo’llarning falajlanib qolishi, nutqning ozmi-
ko'pmi buzulishi kuzatiladi.Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Avvalo, bemorni 
karovatga qulay vaziyatda yotqizish va tanasini qisib turgan kiyimlarining 
tugmalarini bo’shalish, xonaga yetarlicha sof havo kirib turishini ta'minlash zarur. 
Boshiga muz solingan xaltachani qo’yish yoki sovuq suvga ho'llangan matoni 
bosish, oyoqlariga grelka qo’yish lozim. Bemorga mutlaqo osoyishta sharoit 
yaratish, yuta oladigan bo’lsa, tinchlantiradigan vositalar berish kerak (valeirana 
nastoykasi, bromidlar, qon bosimini pasaytiradigan vositalar - dibazol, papaverin) 
nafas olishni kuzatib borish, tilni orqaga ketib qolishini oldini oladigan choralami 
ko’rish, og'iz bo'shlig'ini shilimshiq va qusuq massalaridan tozalash kerak. Vrach 
bemorni transportda olib yurish to'g'risida xulosa chiqargandan keyingina, 
karovatdan karovatga ko’chirish va kasalxonaga transportda olib borish mumkin. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin