O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

E PILEPS I VA 
Epilepsiya so'zi yunoncha bo'lib, "birdan yiqilib tushish" degan ma'noni bildiradi. 
Epilepsiya ya'ni quyonchiq kasalligi surunkasiga davom etib boradigan dard bo'lib, 
o’ziga xos talvasa tutqanoqlari bo'lib turishi va bemor shaxsiyatining xarakterli 
tarzda o’zgarib qolishi bilan o'tadi. Bu kasallikning etiologiyasi uzil-kesil 
aniqlangan emas. Hozirgi vaqtda irsiy omillarga muayyan ahamiyat 
beriladi.Epilepsiya tutqanog’i odatda qanday bo’lmasin biror tashqi sababsiz, 
to’satdan boshlanadi. Bemor o’zidan ketib qolib, yiqilib tushadi.Yiqilib 
tushishining sababi shuki, muskullarning hammasi keskin aniq taranglik holatiga 
keladi. Tonus kuchayib barcha muskullarda barovar boshlanmaydigan bo’lgani 
uchun bemor ko'pincha oldi va bir yon tomonga, orqasiga orqasiga yiqilib tushadi. 
Yiqilayotgan paytida ba'zan qattiq baqiradi. Tonik talvasalar o’ziga xos bo'ladi: 
muskullari keskin taranglashib, qo'l va oyoqlar tortiladi: gavda muskullari ham 
taranglashgan bo'ladi. 20-40 sekundan keyin tonik talvasalar klonik talvasalar bilan 
almashinadi, bu qo'l-oyoq muskullarining ritmik tarzda qisqarib va bo’shashib 
turishi bilan ifodalanadi. Bemorning yuzi oqarib ketadi, so’ngra ko’kimtir tusga 
kiradi. Ko'z qorachiqlari kengayadi, yorug'likka reaksiya bermaydi. Pay 
reflekslarini hosil qilib bo'lmaydi. Og’zidan ko'pik chiqadi, tili yoki lunjining ichki 
yuzasini ho’llab olgani uchun bu ko'pik qon aralash bo'ladi. Aksari odam, g’ayri-
ixtiyoriy suratda siyib qo’yadi. Goho ichi o'tadi. Klonik talvasalardan keyin 


muskullar bo’shasha boshlaydi. Bemorning es-hushi kirarli-chiqarli bo'lib turadi va 
ko'pincha uxlab qoladi. Tutqanoqning hammasi ko'pi bilan 2-3 minut davom etadi.
Tutqanoqlar kunduzi ham, tunda, uyqu vaqtida ham tutib qoladi. Tutqanoqlar har 
xil vaqtni oralab har kuni, haftasiga, oyiga bir marta va bundan ham ko’proq vaqt 
oralab tutib turadi. Ba'zan tutqanoqllar bir necha soat davomida to’xtamasdan 
ketma-ket tutaveradi. Tutqanoqlar orasida shu qadar kam vaqt o'tadiki, bemorlar 
es-hushi o’ziga kelishiga ulgura olmay qoladi.
Epilepsiya holati (status-epilepticus) deb shunga aytiladi. Epilepsiya holatida 
shoshilinch choralar ko’rish kerak bo'ladi, chunki u o’limga olib borishi mumkin. 
Ba'zi bemorlar tutqanoq tutishini oldindan bilishadi. Ularning ahvoli o’zgarib 
umuman, darmoni quriydi, kayfi-ruhiyati yomonlashib qoladi. Tutqanoqni ancha 
oldindan keladigan darakchilari deb shularni aytiladi. Ko'pchilik bemorlarda 
tutqanoqlar bir necha sekund davom etadigan aura (shabada) dan boshlanadi. 
Bunda bemor turli sezgilar sezadi.U terga botadi, rangi oqarib yoki qizarib ketadi, 
og'iz bo'shlig'ida quruqlik sezadi. 
Badanida chumolilar o’rmalab ketayotgandek uvishib qolgandek bo'lib tuyuladi. 
Tutqanoq boshlanishidan oldin bemorlar ko'ziga ravshan yorug'lik dog’lari, yong'in 
shu'lalari ko'rinishi, qulog’iga qo’ng'iroq ovozi, shovqin-suron, baqiriq-chaqiriqlar 
eshitilishi, dimog'iga qo'lamsa hid, g'alati maza ta'mlar urayotgandek bo'lib 
tuyilishi mumkin.Yuqorida tasvirlab o’tilgan katta tutqanoqlardan tashqari, kichik 
tutqanoqlar ham uchraydi. Kichik tutqanoq odatda bir necha sekunddan ortiq 
davom etmaydi. Ayni vaqtda bemor yiqilib tushmaydi, ularga katta tutqanoqda 
bo’lganidek talvasa tutmaydi. Ular bir lahza ma'lum holatda go’yo qotib qolgandek 
bo'ladi. Yuzi oqarib ketadi. Ayrim muskul guruhlari uchib turishi mumkin.
"Absans" o’zbekchaga tarjima qilganda "yo’qlik, o’zdan ketib qolish" degan 
ma'noni bildiradi. Bemor qisqa vaqtda ( bir necha sekundga) o’zini bilmay qoladi. 
Masalan. Biror ish yoki suhbat vaqtida bemor go’yo qotib qoladi, ko'zi bir nuqtaga 
qadalib turadi, keyin esa u boshlagan ishni davom ettiraveradi.Bunday holatlarni 
bemorlarni o’zi, odatda, sezmaydi, atrofdagilar ham buni payqasha bermaydi.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Bemor xurujning boshidan oxirigacha yordamga 
muhtoj 
bo'ladi. Xuruj tutgan vaqtda bemorni ushlab qolishga urinish va bir joydan ikkinchi 
joyga ko’chirish yaramaydi. Boshi tagiga yumshoqroq narsa qo’yish, nafas olishiga 
halaqit beradigan kiyimlari tugmalarni bo’shatish, tini tishilab olmasligi uchun 
tishlari orasiga buklangan ro’molcha, yog'och qoshiq qo’yish lozim. Bemorning 
yuziga suv sepish, atrofida shovqin qilish, nashatir spirti bug’larini hidlatish 
mumkin emas.
Tutqanoq- ko’chada ro'y bergan taqdirda xuruj tugagandan so’ng bemorni uyga 
yoki davolash muassasasiga olib borish kerak. Dori moddalaridan talvasaga qarshi 
ta’sir ko'rsatadigan preparatlardan fenobarbital, benzonal, geksamiddin, difenin, 
xlorakon hammadan ko’ra ko'proq ishlatiladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin