fekal-oral yo'li; 4.kontakt yo’l; 5. transmissiv yo’l; 6. parenteral; 7 suv orqali; 8.
transplasenlar yo’l orqali.
Yuqumli kasalliklarning kechishida davriylik xos bo'lib, ular quyidagilardan
iborat: 1. yashirin i inkubatsion davri; 2. boshlang'ich yoki prodromal davri; 3. avj
olish davri; 4 tuzalish (rekonvalesensiya) davri; 5. sog'ayish davri;
Yuqumli mikroorganizm odam organizmiga tushgandan keyin kasallik
alomatlari darxol yuzaga chiqmaydi. Bu davr yuqumli kasalliklarda turlicha bo'lib
yashirin davr deb ataladi.Keyingi davr boshlang'ich (prodromal) davri deb
yuritiladi. Bunda kasallikning boshlang'ich
belgilari yuzaga chiqib rivojlanib
boradi. Kasallikning avj olish davrida kasallikka xos bo’lgan klinik belgilar paydo
bo'ladi. Kasallik alomatlari kamaya borib, bemor o’zini yaxshi his qila boshlashi
bemorda tuzalish (rekonvalesensiya) davri boshlaganligidan darak beradi. Bu
davr ko'pincha sog'ayish davri bilan tugallansa, ayrim hollarda
kasallik zo’rayishi
mumkin.Yuqumli
kasalliklarda to’la sog’ayish faqat kasallik alomatlarining
butunlay
yo’qolishi emas, balki bakteriologik sog'ayish bilan aniqlanadi.
Ba'zi
kasalliklarda, masalan ich terlamada bemor tuzalib ketgandan keyin ham uning
organizmidan yuqumli mikroblar
ajralib turadi.
Bu holat kasallikdan keyin
bakteriya tashuvchilik holati deb ataladi. Bu xolat
3 oygacha davom etsa, o'tkir
bakteriya tashuvchilik
hisoblanadi.Yuqumli kasalliklardan so’ng bemor
organizmida shu kasallik mikroblariga nisbatan immunitet
paydo bo’ladi. Bu
immunitet orttirilgan
tabiiy immunitet
bo'lib, himoya xususiyati turli muddatgacha
saqlanib qoladi. Yuqumli kasalliklar
yil davomida mavsumga qarab ko'payib va
kamayib
turadi.
Dostları ilə paylaş: