bo’g'ma va boshqalar). Ba'zi hollarda kasallik bemor
bilan bevosita muloqatda
bo’lganida yuqadi. (venerik
kasalliklar, quturish, OITS va
boshqalar)
5. Turli yo’llar bilan yuqadigan infeksiyalar. Bu guruhga mansub
kasalliklarda
patogen mikrob odam tanasiga turli yo’llar bilan tushadi. Ayniqsa kasalliklardan
brusellyoz,
kuydirgi, o’lat, tuberkulyoz, bug’ma mikroblari shu tariqa
yuqadi.Yuqumli kasalliklarning muayyan jamoada kelib chiqishi, tarqalish yo’llari
va ularning oldini olishga asoslangan qonuniyatlarini o'rganadigan ta'limot
epidemiologiya deyiladi. Epidemiologiya lotin tilidan epi-ko'p, demos-aholi degan
ma'noni anglatadi.
Epidemiologiya nuqtai nazaridan har bir yuqumli kasallikka xos epidemik
jarayon mavjud.
Lekin har qanday epidemik jarayon 3 bo’g'indan iborat.
l.Infeksiya manbai.
2.Kasallik mikroblarning tarqalishi.
3.Kasallikka moyil odam.
Infeksiya manbai. Antroponoz kasalliklarda infeksiya manbai odam
hisoblanadi. U bemor odam yoki bakteriya tashuvchi bo'lishi mumkin.Zoonoz
kasalliklarida infeksiya manbai odam yoki hayvon hisoblanadi. Masalan
brusellyozda infeksiya manbai faqat uy hayvonlari hisoblanadi. Kuydirgi o’lat kabi
kalliklarda kasal hayvon ham infeksiya manbaidir. Kasallik mikroblarining
tarqalishi yo’llari. Epidemik davom etishi uchun patogen mikrob, infeksiya
manbaidan tashqariga
chiqishi kerak. Har bir kasallikda mikrobning tarqalish
yo’llari turlicha bo'ladi. Nafas yo'llari infeksiyasi havo - tomchi yo'li bilan tarqalsa,
ichak infeksiyalari mikroblari esa asosan najas bilan ajralib, sog’lom kishi
organizmiga og'iz orqali tushadi. Odam va hayvon to'qimalairida kasallik
qo’zg'atuvchisi ko'payishi uchun imkoniyat bo’lgan taqdirdagina
shu organizm
yuqumli kasallikka moyil bo'ladi. Qizamiq, gripp kabi kasalliklar atrofdagi
odamlarga juda oson yuqadi. Bo’g'maning yuqish ehtimoli o'rtacha, ichak
infeksiyalarida undan ham kamroq. Boshqa tomondan, yuqumli kasalliklarning
qanchalik og'ir o’tishi odam organizmining genetik hususiyatlari, ushbu mikrobga
qanchalik bardosh berishiga
bog'liq. Shu sababdan bir xil sharoitda xastalik yuqqan
bo’lsa hali, ba'zilarda uning alomatlari unchalik sezilmasa boshqalarda o'rtacha
og'irlikda, hatto g’oyat og’ir holda kechishi mumkin.
Yuqumli
kasallikka yo'liqqan odamlarning ko'p yo ozligiga qarab,
epidemiologik jarayonning turli xillari ajratiladi.
1.
Sporadik kasalliklar. Kasallikka yo'liqqan kishilar soni unchalik ko'p
bo'lmaydi va bemorlar onda-sonda uchraydi.
2.
Epidemiya-yuqumli kasallikning bironta o’lka, viloyatda yoki mamlakatda
keng tarqalib ketishi.
3.
Pandemiya - bir vaqtda xalqaro miqyosda, ya'ni bir necha mamlakat va
qit'alar
bironta
yuqumli kasallikning keng tarqalib ketishi (masalan: xolera, gripp
epidemiyalari).
4.
Endemiya - muayyan hududda bironta, yuqumli kasallikning doimiy uchrab
turishi
5.
Ekzotik kasalliklar-xorijdan keltirilgan yuqumli kasalliklar (masalan:
bezgak, OITS kabilar).
Yuqumli kasalliklarning profilaktikasi. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda
amalda oshiriladigan chora-tadbirlarini shartli ravishda ikkiga bo’lish mumkin.
1.Umumiy chora-tadbirlar.
2. Maxsus chora - tadbirlar.
Umumiy chora - tadbirlar davlat tomonidan
amalga oshiriladi.
Bunda aholi
turmush sharoitini yaxshilash, tibbiy xizmatini takomillashtirish, odamlarning
ishlash va dam olish sharoitlarini qulaylashtirish, uy-joy sharoitini talabga
javob
beradigan bo'lishi va shu kabi boshqa chora-tadbirlar ko'zda tutiladi.
Maxsus profilaktik chora-tadbirlar sog'liqni saqlash tashkilotlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Umumiy va maxsus chora-tadbirlar epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-
tadbirlarni o’z ichiga oladi. Profilaktik chora-tadbirlar uch yo’nalishda olib
boriladi:
1.Infeksiya manbaini zararsizlantirish;
2. Kasallikning yuqish yo’llarini qirqish;
3. Odamlarda yuqumli kasalliklarda qarshi immunitet hosil qilish.
Infeksiya manbaini zararsizlantirish avvalo tashxisni barvaqt aniqlab, bemorni
tezda kasalxonaga joylab uning organizmidagi yuqumli mikroblarni yo’qotish
choralarini ko’rish kerak. Bakteriya
tashuvchilar qattiq nazorat ostiga olinadi. Ular
sanasiya qilinadi. Bemorning idish-tovoqlari, kiyim-kechaklari, choyshablari va
buyumlari dezinfeksiya qilinadi. Bemorni imkoni boricha yaxshilab davolash va
uni kasallik qo’zgatadigan mikroblardan halos qilish zarur. Infeksiya o’choqlarida,
yuqumli kasallikdan sog'aygan kishilar
va ayniqsa
oziq - ovqatga, ichimlik
suvlariga aloqador, bolalar muassasalarida ishlaydigan xodimlar orasida bakteriya
tashuvchilarni izlab topib, ishdan vaqtincha chetlashtiriladi, nazorat ostiga
olinib
qayta-qayta tekshiriladi va davolanadi. Bemorlar bilan muloqatda bo’lgan kishilar
nazorat ostiga olinib tibbiy tekshiruv o’tkaziladi. Bu nazorat yuqumli kasallik
inkubasion davri muddatiga qarab aniqlanadi. Aholida o’ta havfli kasalliklarda
(o’lat, vabo, kuydirgi) bemorlar bilan muloqatda bo’lgan hamma odamlar, maxsus
izolyatorlarga yotqiziladi (observasiya qilinadi). Izolyatorda saqlash muddati
kasallik inkubasion davriga bog'liq. Masalan, o’latda 6 kun, vaboda 5 kundir.
Zoonoz kasalliklariga qarshi chora-tadbirlar veterinariya
xizmati xodimlari bilan
hamkorlikda olib boriladi. Kasallik manbai kemiruvchi hayvonlar (kalamush va
sichqonlar) bo’lgan hollarda, deratizasiya choralari amalga oshiriladi.
Yuqumli kasalliklar profilaktikasi epidemik jarayonning ikkinchi bosqichi,
kasallikning yuqish yo’llarini qirqish katta muhim o'rin tutadi. Bu yo’nalishda
bajariladigan profilaktik choralar 3 guruhga bo'linadi:
1.Sanitariya va gigienaga taalluqli chora-tadbirlar.
2.Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizasiya.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning uchinchi bosqichi, aholining yuqumli
kasallarga moyilligini kamaytirishdir ya'ni organizmning immunitetini oshirishdir.
Aholining
umumiy kuch qudratini oshirishda ularning turmush sharoitlarini,
moddiy imkoniyatlarini oshirish muhimdir. Bundan tashqari, odamlarni emlash
yo'li bilan yuqumli kasalliklarga qarshi sun'iy immunitet hosil qilish alohida o'rin
tutadi.Yuqumli kasalliklar profilaktikasida dizenfeksiya ishlarining amalga