O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Sog'ayish davri. Bu davr 1 haftagacha davom etadi. Yo’tal xurujlari kamaya 
boradi, bemorning ishtaxasi ochilib kayfiyati yaxshilanadi. Ko'kyo'talning kechishi 
yengil, o'rtacha og’irlikdagi va og'ir turda o’tishi mumkin. Kasallikning yengil 
turida yo’tal xurujlari kuniga 5-15 martagacha takrorlanishi mumkin va qisqa 
davom etadi. 
O'rtacha og'irlikdagi turida yo'tal xurujlari kuniga 15-25 martagacha takrorlanadi. 
Og'ir turdagi ko’kyo’talda esa xurujlar soni 25-30 tadan oshishi, har bir xurujning 
uzoq davom etishi, bemor ahvolining og'irlashuvi kuzatiladi. 
Ko'kyo'tal deyarli hamma vaqt nafas a'zolarining zararlanishi bilan kechadi. 
Uning kataral davrida o'pkaga deyarli o'zgarishlar aniqlanmaydi. Xurujsimon yo'tal 
davrida bronxitga o'xshash o'zgarishlar bo'lib, o'pkada xirillashlar eshitiladi. 
Xirillashlar ko'pincha yo'tal xurujsimon keyin izsiz yuqoladi. Ko'kyo'talda qon 
tomir tizimiga ham ancha o'zgarishlar bo'ladi. Bemor betining salqib turishi
lablarining ko'kimtir tusga kirishi, bo'yin vena qon tomirlarining yo’tal xuruji 
paytida bo’rtib turishi, qo'1-oyoq barmoqlarining ko'karishi, muzlashi qon tomir 
tizimidagi o'zgarishlarni ifodasidir. 
Ko'kyo'talda bosh miyada gipoksiya va qon aylanishining buzilishi tufayli 
ensefalopatiya belgilari kuzatiladi: bemor bezovtalanadi, asabi beqarorlashadi, 
qo'1-oyog'i titraydi, pay reflekslari kuchayadi. Tana harorati ko'kyo'talda deyarli 
ko'tarilmaydi, yoki subfebril darajada bo'lishi mumkin. 
Go'daklarda ko'kyo'tal katta yoshdagi bolalarga qaraganda o'ziga xos kechishga 
ega. Ularda kasallikning yashirin davri nisbatan qisqa, yo'tal ham og’irroq bo'ladi, 
ba'zan nafas maromi buzilib, nafasning to'xtab qolishi kuzatiladi. Kasallik 
asoaratlari tez rivojlanadi.
Ko'kyo’talda uchraydigan asoratlardan yana biri ensefalit bo'lib, bu asosan 1-2 
yoshdagi bolalarda uchraydi. Ko'kyo'talda ko'krak qafasida bosimni ortib ketishi 
natijasida kelib chiqadigan asoratlardan pnevmotoraks, emfizema, kindik va chov 
churrasi, to'g ri ichakning tushishi kabilarni qayd qilish mumkin. 


Ko'kyo'tal tashhisi kasallikning belgilari, epidemiologik vaziyat va laboratoriya 
(bakteriologik) tekshirishlar natijasiga asoslanib qo’yiladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin