O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Klinik manzarasi. Kasallikning yashirin davri 11-23 kungacha davom etadi. 
Odatda kasallik o'tkir boshlanib tana haroratining 36-39 ºº C gacha ko'tarilishi 
quloq oldi bezlarining bir tomonlama yoki ikki tomonlama kattalashuvi bilan 
davom etadi. Bezlarning kattalashuvi ostki jag’ suyagining choki bilan 
so'rg’ichsimon suyak o'rtasidagi chuqurlikni to'ldirib, quloq sirg'asining oldingi 
pastki va orqa tomonlarigacha yoyilib ketadi. Shishning ustki va atrofida terining 
rangi o'zgarmaydi, uning chegarasi noaniq bo'lib, o'rta qismi qattiq elastik 
qonsistensiyada bo'lgani holda atroflari qo'lga yumshoq tegadi. Kattalashgan bezlar 
bosib ko'rilganda og'riq seziladi. Quloq oldi bezlari naychalarining og'iz 
bo'shlig'idagi chiqish joylari qizaradi va biroz shishadi. Kasallikning 2-3 kuniga 
borib, ko'pincha sog'lom tomondagi quloq oldi bezi kattalashgandan so'ng, 
bemorning yuz tizimi o'ziga xos shaklga kiradi. Kasallikning 8-10 kuniga borib, 
batamom yo'qolib boradi. Epidemik parotitda quloq oldi bezlari yiringlamaydi. 
Taxminan 50 % hollarda pastki jag' osti bezlari va gohida til 


osti so'lak bezlari ham prosessga qo'shilib ketadi. Epidemik parotitning yengil turi 
6-7 kun, o'rtacha og'irlikdagi turi 9-10 kun, og'ir turida kasallik belgilari 2-3 hafta 
mobaynida saqlanib qoladi. Epidemik parotit patologik prosessga nerv tizimi va 
har xil bez organlarning qo'shilib ketishi bilan birga davom etib borishi mumkin. 
Bu organlarning zararlanishini asorat deb emas, balki xastalikning asosiy ko'rinishi 
deb hisoblash to'g'riroq bo'ladi.
Me'da osti bezlarining zararlanishi (pankreatit), parotit alomatlari keskin 
ifodalanmagan holatda o'tadi va qorinda qattiq og’riqlar paydo bo'lishi bilan 
xarakterlanadi. Bu og’riqlar qorinning gir aylanasi bo'ylab seziladi. Bemorning 
ko'ngli aynib qusadi, ishtaxasi yo’qoladi, ichi ketadi, qoni va siydigida amilaza 
miqdori ko'payadi. 
Oldin quloq oldi bezlari kattalashmasdan turib, birlamchi orxit boshlanib qolishi 
ham mumkin. Bu kasallik tana haroratining ko'tarilishi odamning lohas bo'lishi eti 
uvishib qaltirashi moyaklar (orasi) sohasida qattiq og'riq turib, chov sohasiga va 
belga tarqalishi bilan ta'riflanadi. Moyak shishib, kattalashadi, bezillab turadi, 
odam yura olmaydi. Kasallik belgilari 2-3 kun zo'rayib boradi, dardning 3-5 
kunidan boshlab asta-sekin yo’qolib boradi. Parotitda aksari serozli (virusli) 
meningit qayd qilinadi. 
Epidemik parotitni aniqlab olish tipik hollarda qiyinchilik tug’dirmaydi. 
Kasallikning yengil formalarida, parotit meningiti yoki orxiti bo'lganda kasallik 
tashxisi ancha qiyinlashadi. Yaxshi yig'ilgan anamnez va epidemiologik 
ma'lumotlar kasallikni aniqlab olishga yordam beradi. Bundan tashqari kasallikka 
serologik tekshirish usullari yordamida tashxis qo'yiladi. 
Davosi. Epidemik parotitda davo qilishning spesifik vositalari yo'q. Davolash 
asosan simptomatik usulda olib boriladi. Kasallik yengil o'tayotganda bemorni 
o'rniga yotqizib, tegishli rejimga amal qilish zarur. Bolaga tez-tez suyuqlik 
beriladi, og'zini 2 % li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan chayiladi. Ovqatni iliq, 
suyuq holda berish lozim. Kattalashib turgan bezlar sohasini issiq qilib bog'lab 
qo’yish, sollyuks lampasi bilan isitish. UVCh terapiya buyuriladi. Og’riqni 
qoldirish, isitmani tushirish maqsadida aspirin, analgin tayinlanadi. Meningitning 
belgilari kuchayganda, orqa miya kanali punksiya qilinadi. Pankreatit belgilari 
aniqlanganda bemorga 1-2 kun suv-choy parhezi buyurilib, venaga glyukoza 
eritmalari Ringer eritmasi albumin, zardob o'mini bosadigan suyuqliklar 
yuboriladi. Orxitda bemor yotib davolanishi 1-2 hafta mobaynida malhamli
bog'lam qo’yish tavsiya qilinadi. Og'ir hollarda 4-5 kun qortikosteroid 
gormonlar buyuriladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin