O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Oqsillar almashinuvi. Organizmda oqsillar yangi hujayralar va to'qimalar hosil 
bo'lishida plastik material sifatida ishtirok etadi. Bir kunda organizmda o'rta 
hisobda 100- 120 g oqsil kirib turishi kerak. Organizmga oqsillar ovqat 
mahsulotlari (go'sht, tuxum, sut. mosh, loviya kabilar) orqali tushadi. Ovqat 
tarkibidagi oqsillar murakkab oqsillar bo'lib, ular ovqat hazm qilish kanalida 
aminokislotalarga parchalanadi va qonga so'riladi, aminokislotalar qon bilan 
hujayra va to'qimalarga borib hujayralarda ulardan odam organizmiga xos oqsil 
sintezlanadi. Keraksiz ortiqcha oqsil, aminokislotalar parchalanib teri va siydik 


orqali organizmdan tashqari chiqarilib yuboriladi. 1 g oqsil parchalanganda 4.1 
kkal energiya ajralibchiqadi. 
Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar organizm hayotida muhim o'rin tutadi, ular 
asosiy energiya manbai hisoblanadi. Uglevodlar organizmga murakkab uglevodlar, 
polisaxaridlar holida kiradi. Ovqat hazm qilish kanalida polisaxaridlar 
disaxaridlarga, disaxaridlar esa monosaxaridlarga (glyukoza) parchalanadi. 
Glyukoza qonga so’rilib, jigar va muskullarda undan hayvon kraxmali glikogen 
hosil bo'ladi. Jigardagi glikogen asosan zahira (zapas) uglevod bo'lib, qonda qand 
miqdori kamayganda glyukozaga parchalanadi va glyukoza qonga o'tadi. Ortiqcha 
glyukoza jigarda to'planadi. Muskullardagi glikogen uzluksiz parchalanib turadi. 
Katta yoshli kishilar 1 kunda 500gr uglevod iste'mol qilishi kerak. Ovqat bilan 
uglevodlar kirsa, ham organizmda oqsil va yog'lardan uglevod hosil bo'ladi. lgr 
uglevod parchalanganda 4,1 kkal energiya ajralib chiqadi. 
Yog'lar almashinuvi. Yog'lar ham organizmda energiya manbai hisoblanadi. 1 g 
yog' oqsidlanib parchalanganda 9,3 kkal energiya ajraladi. Organizmga kirgan 
yog'lar hazm kanalida gliserin va yog' kislotalariga parchalanib. limfaga so'riladi. 
Bu vaqtda gliserin va yog' kislotalar ichak shilliq pardasi hujayralaridan 
o'tayotganida bir-biriga birikib yog' hosil qiladi. Bu yog' organizm ehtiyojlarini 
qondirib, ortiqchasi teri osti yog' kletchatkasida, charvida, buyrak atrofida va 
boshqa ichki organlarda zahira bo'lib to'planadi va energiya manbai bo'lib xizmat 
qiladi. Bundan tashqari, teri osti kletchatkasidagi yog' qatlami organizmdan 
issiqlikni chiqarmaydi. Organlar atrofidagi yog' esa ularni shikastlanishdan 
saqlaydi. Organizmga yog' kirmaganda oqsillar va uglevodlardan organizmda yog’ 
hosil bo'ladi. Katta yoshli odam organizmiga bir kunda 100 gr yog' kirishi kerak. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin