Kasallik sog'lom odamga havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Kasallikka
beriluvchanlik o'ta yuqori bo'lib, aholi zich yashaydigan joylarda epidemiya holida
uchrashi mumkin. Suvchechak bilan asosan 2 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan
bolalar kasallanadi.
Ba'zan chaqaloqlar ham kasallikka chalinishi mumkin. Suvchechak ko'pincha qish
va bahor oylarida uchraydi. Kasallik bilan og'rib tuzalgan bolalarda barqaror
immunitet qoladi.
Klinik manzarasi. Kasallikning inkubasion davri 11 kundan 21 kungacha,
o'rtacha, 14 kunni tashkil etadi.
Suvchechakning boshlang'ich (prodromal) davrida subfebril harorat paydo bo'ladi,
bemorning kayfiyati buziladi, injiq va lohas bo'ladi. Keyinchalik tana harorati
ko'tariladi. Bemor tanasida toshmalar paydo bo'ladi. Toshma odatda bemorning
yuzi,
sochlar orasi tanasi, oyoq-qo'llarida bir vaqtda paydo bo'ladi. Ammo oyoq
osti va qo'lning kaftida toshma toshmaydi. Toshma dastavval suyuqliksiz bo’rtma
(papulo) holida paydo bo'lib, u tez orada (bir necha soat ichida) ichi suyuqlik bilan
to’lgan pufakcha (vezikula)ga aylanadi. Pufakchalar terida yuza joylashgan bo'lib,
atrofi qizg’ish hoshiya bilan o'ralgan bo'ladi. Igna sanchib ko’rilsa, bo'shlig'i bitta
bo’lganligi uchun pufakcha puchayib qoladi. Odatda pufakchalar 1-2 kundayoq
qurib kulrang po'stloq qo’tirga aylanadi, va u 1-3 hafta mobaynida to’kilib ketadi.
Ularning o'rnida chandiq qolmaydi. Har kuni
terida yangidan toshma toshib
turganligi uchun bemorning badanida bo'rtma, pufakcha va qo'tirni topish mumkin.
Toshma badanni qichishti-radi. Ba'zan og’iz, burun va jinsiy a'zolarning shilliq
pardalarida ham toshma toshishi mumkin. Bemorlarning 10 foizida pufakchalar
yiringlashi mumkin, va bunday hollarda ularning o'rnida mayda chandiqlar qolishi
mumkin.
Kasallikninng yengil turlarida toshmalar butun tananing u yer bu yeridagina
uchrab intoksikasiya belgilari kuzatilmaydi. Kasallikning og'ir turlarida toshmalar
ko'plab toshadi, isitma ko’tariladi, intoksikasiya belgilari yuzaga chiqadi.
Dostları ilə paylaş: