Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bo'lib, skarlatina bilan og'rigan yoki boshqa
streptokokk infeksiyasi bilan kasallangan bemor hisoblanadi. Infeksiya asosan
havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Ba'zan bemor o’ynagan qo'g'irchoqlar, uning
buyumlari va kiyimlari orqali ham kasallik yuqishi mumkin. Bemor kasallikning
birinchi kunidanoq atrofdagilar uchun xavfli bo'ladi va bu holat butun kasallik
davomida saqlanib qoladi. Skarlatinaga 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar
ko'proq
beriluvchan bo'ladilar.Kamdan kam hollarda 1 yoshgacha va 15-16
yoshdagi bolalar ham kasallanishi mumkin.
Kasallik asosan qish va bahor oylarida uchraydi. Skarlatinadan keyin bola
organizmida barqaror immunitet rivojlanadi. Biroq hozirgi vaqtda antibiotiklarning
keng qo'llanilishi tufayli skarlatina bilan qayta kasallanish holatlari kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: