O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Asoratlari. Skarlatinaning asoratlariga limfoadenit sinusit, nefrit, otit, miokardit 
kabilar kiradi. 
Davolash. Skarlatinani davolashda kasallikning davri, turi, og'irlik darajasi 
hisobga olinadi. Kasallikning yengil turida bemorlarni uy sharoitida davolasa 
bo'ladi. Bunda bemor alohida xonaga yotqiziladi. Bemorga tez xazm bo'ladigan 
vitaminlarga boy ovqatlar berilishi va ko'proq suyuqlik ichirib turish zarur. 
Kasallikning og'ir turida bemor albatta kasalxonaga yotqiziladi. Vrach ko'rsatmasi 
bilan unga atibiotiklar, intoksikasiyaga qarshi dori-darmonlar, simptomatik dorilar, 
vitaminlar buyuriladi. 
Profilaktikasi. Skarlatinaning maxsus profilaktikasi yo’q. Umuman profilaktik 
tadbirlarga bemorlarni alohidalab qo'yish, 10 kun davomida yuqumli kasalliklar 
kasalxonasiga joylashtirish kabilar kiradi. Kasalxonadan chiqqandan so'ng yana 12 
kun davomida, bolalar maktabga va maktabgacha tarbiya muassasalariga 
qo'yilmaydi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Mavzu: Kirish. Aseptika va antiseptika. Desmurgiya va transport 
immobilizasiyasi. 
 
REJA: 
 
1. Jarrohlik fani va uning vazifalari. Jarohat infeksiyasi, infeksiya turlari. 
2. Antiseptika va aseptika haqida ma'lumot, turlari, vositatari va qo'llanilishi. 
Sterilizasiya va uning turlari. 
3. Desmurgiya haqida ma'lumot, jarrohlikda qo'llanilishi. 
4. Bog’lamlarning turlari va qo’yish qoidalari. 
5. Transport immobilizasiyasi. 
Xirurgiya juda qadim zamonlardan ma’lum. Ibtidoiy odamlar o’z-o'ziga va bir-
biriga yordam ko'rsatar ekanlar, nayzaning o'tkir uchini va yoy o'qini tanadan 
chiqarib olish yo'lini bilganlar, qon oqayotgan jarohatni qisib, qon ketishini to'xtata 
olganlar, jarohatni davolash uchun o'simliklarning barglaridan va yo'sin (mox) dan 
foydalanganlar. 
Operasiya - bu asosan ta'qimalarga mexanik ta'sir ko’rsatish yo'li bilan to'qimalar 
kesilib 
patologik o’choq aniqlanib bartaraf etiladi (kesib olib tashlanadi) va to'qimalar 
yoki ayrim tana a'zolarning normal shakli funksiyasi tiklanadi: to'qimalar va 
a'zolarni kesib olib boshqa joyga (boshqa organizmga) ko'chiriladi. 
Shikastlanishning turi va sabablari, davolash va oldini olish choralariga 
travmatologiya fani mas'uldir. Shikasllanishlar umumiy xirurgik kasalliklarning 
30-35% ni tashkil etadi. 
Respublikamizda travmatologik xizmat uch asosiy zvenodan iborat: 
1.Shikastlanish ro'y bergan joyda birinchi tibbiy yordamni tashkil qilish. 
2.Ambulatoriya-poliklinikada shikastlanishga yordam ko'rsatish. 
3.Travmatologik yordamni kasalxonalarda tashkil qilish. 
Travma yuz bergan joydayoq birinchi yordam ko'rsatish quyidagi maqsadlarni 
ko'zda tutadi: 
a) shifokor kelguncha birinchi oddiy yordam. Bu yordam ko'pincha maxsus kasbi 
bo’lmagan kishilar (o'z-o'ziga va o'zara yordam) tomonidan ko'rsatiladi. Ular 
shikastlangan kishining o’rtoqlari, sanitariya drujinachilar tomonidan, 
qarindoshlari yoki begona kishilar, yo’l harakati va milisiya hodimlari, o'rta 
ma'lumotli tibbiyot hodimlari bo'lishi mumkin: 
b) Yuqori malakali yordamni maxsus tayyorgarlikka ega bilgan shifokor 
bajarmog'i kerak.
Birinchi travmatologik yordamni tashkil qilishda quyidagilarga rioya qilish 
kerak: 
1) shikastlangan kishiga iloji boricha zudlik bilan yordam berish zarur. 
2) birinchi malakali yordam tezroq ko'rsatilishi uchun avvalo oddiy tibbiy yordam 
ko'rsatilgandan so'ng, bemor darhol maxsus davolash muassasasiga olib borilishi 
zarur. 


3) keyingi bosqichda yordam beruvchi travmatologiya hodimlariga har bir 
qilingan davolash 
usullarini keng va batafsil bayon qilish, birlamchi xirurgik ishlov berish, qoqsholga 
qarshi zardob yuborish va boshqalar. 
4) har bir kishi shikastlanish yuz berganda qayerga, qachon so’rab murojaat 
qilishni bilish kerak. 
5) shikastlangan kishini to'gri evakuaciya qilish travmatalogiya yordamining asosiy 
bo’g’ inlaridan biri hisoblanadi. 
Jarohat infeksiyalari tushunchasi kasallik qo'zg'atuvchi aerob va anaerob 
infeksiyasining spesifik hamda nospesifik turlari keltirib chiqaradigan xirurgik 
kasalliklarni o'z ichiga oladi. 
Kasallikning avj olishida kasallik tug'diradigan mikroblar katta rol o’ynaydi. 
Xirurgik 
infeksiyani qo'zg'atuvchi mikroblar atrof- muhitda ham inson badani sirtida ham 
shuningdek, 
nafas olish yo’llari va ichaklar bo'shlig'ining shilliq pardasida ham mavjud. Ular 
organizmga kirish darvozasi deb ataluvchi teri va shilliq pardalarining 
shikasllanishi tufayli yoki nafas olish, me'da- ichak va tanosil yo’llari orqali 
tushadi. 
Xirurgik infeksiyalar klinik ko'rinishi bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi: 
1. O'tkir xirurgik infeksiya 
l. Mahalliy o'tkir xirurgik infeksiya. 
a) o'tkir nospesifik yiringli infeksiya; 
b) o'tkir chirik infeksiya; 
v) o'tkir nospesifik anaerob infeksiya yoki gazli gangrena;
g) o'tkir spesifik anaerob infeksiya (qoqshol, kuydirgi).
2. Umumiy xirurgik infeksiya: 
a) o'tkir nospesifik infeksiya; 
b) o'tib kelgan (surunkali) umumiy xirurgik infeksiya;
3.Surunkali xirurgik infeksiya: 
a) surunkali nospesifik infeksiya; 
b) surunkali spesifik infeksiya. 
Mikroorganizmlar jarohatga ekzogen va endogen yo'llar orqali tushadi.
Ekzogen yo'llarga tashqi muhitdan tushadigan infeksiyalar ya'ni jarohatni kir 
qo'llar bilan tozalaganda, nosteril matolar bilan yarani bog'laganda, jarohatni
noto'g'ri tozalaganda, bog'lamni noto'g'ri bog'lashda ro'y beradi. 
Endogen yo’llarga infeksiya tananing boshqa qismidagi yiringli ichakdan qon 
tomirlar bo'ylab tushishi mumkin (surunkali tonzillit, yumshoq to'qimalarning
yiringli yallig'lanishi, furunkulyoz, gaymorit va boshqalar). 
XIX asrning 40 - yillarida N. I. Pirogov jarohatni davolashda karbol kislota, 
lyapis, spirt, yod nastoykasi ishlatgan va jarohat infeksiyasiga qarshi kurashish 
ko'p marta takidlagan. D. Lister operasiyadan keyingi infeksiyani sababchisi tashqi 
muhitdan tushayotgan mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslangan bog'lam 
orqali tushadi degan xulosaga kelgan. Strelizasiya usullarini ishlab chiqishda 
bakteriologiyaning ahamiyati katta bo'ldi. Aseptika va antiseptika vrachlarda katla 


qiziqish uyg'otdi. Xirurgiya sohasida bu usullarni nemis xirurglari
Trendelenburg. Bergman, Shimmelbush, Esmarx va Neyberg rivojlantirdilar. 
Paster va Koxning izlanishlari aseptikani yaratdi. Ya'ni amaliyotda ximiyaviy 
antiseptika 
fizikaviy aseptika bilan almashtirildi. Bu qaynatish yuqori harorat va bug' bilan 
amalga 
oshirildi. 
Antiseptika deganda esa jarohat sohasida va organizmdagi mikroblarni yo'qotish 
yoki miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin