Yumshoq bog'lamlar. Yelimli bog’lamlarni jarohatni asosan tashqi muhit
ta'siridan himoya qilish uchun qo’yiladi. Bunday bog'lamlarni qo’yishda bog’lov
materialini turli xil yelimlar-kleol, kolodiy, leykoplastir yordamida jarohat
atrofidagi teriga yopishtiriladi. yelimli bog'lam qo’yish (yelimlash) texnikasi oddiy
jarohatga dokani bir necha qavat qilib qo'yiladi, uning atrofiga ensiz qilib kleol
qatlami surtiladi. Doka salfetkani tarang tortib turgan holda yelim qatlami ustiga
bosiladi va bir oz vaqt tutib turiladi, salfetka teriga zich yopishadi. Kollodiyli
bog'lam qo’yishda yelimni tarang tortilgan bosib turgan salfetka ustidan surtiladi.
Bog'lov materialini leykoplastir tilishlari bilan yopishtirish mumkin.
Jarohat yuzasini bekitish uchun bakteriosid leykoplastir ham ishlatiladi, unda juda
mayda teshiklar borligi tufayli terini bichiltirmaydi va jarohatning bitish prosessini
buzmaydi.
Kosinka bog'lamlarni kosinka qirqilgan yoki burchakli uchburchak ko'rinishida
buklangan mato parchasi yordamida qo’yiladi. Kosinka bog'lamlarni to’g'nog'ich
bilan mahkamlanadi yoki kosinka uchini tugib qo’yiladi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan standart kosinkaning razmeri 135x100x100sm.
Sanitariya sumkalari va birinchi yordam aptechkalari uchun kosinkalarni
presslangan holda chiqariladi. Bu holida ular razmeri 5x3x3sm li kubsimon
shaklda bo'ladi.
Sopqonsimon (palaxmonsimon) bog'lamlarni uzunligi 75-80 smli eni enli bint
yoki material parchasidan tayyorlash mumkin. Bintning ikkala uchidan uzunasiga
qirqib uning 15-20 sm uzunlikdagi o'rta qismi butun qoldiriladi. Bintning
qirqilmagan qismini kerakli sohaga ko’ndalang yo’nalishda qiyiladi. Ikkala
tomondagi qirqilgan uchlarini pastki tilishi yuqorida, ustki tilini esa pastda
turadigan qilib o'zaro kesishtiriladi va qarama -qarshi tomondagi shunday tilishi
bilan bog'lanadi. Burunga va yuqori labga bog’lam qo’yishda bintning ikkala
uchini quloq chanoqlari ustidan o'tkaziladi va ensada bog'lanadi, boshqa ikkala
uchini quloq chanoqlari ustidan o'tkaziladi va bo'yindan bog'lanadi.
Iyakka bog'lam qo’yishda bintning pastki uchlarini quloq chig’anoqlari tepasidan
o'tkaziladi va tepa suyagi sohasida tugib qo'yiladi, ustki uchlarini quloq
chig'anoqlari va ensa ustidan o'tkaziladi, kesishtiriladi va chakka suyagi sohasidan
o'tkazib, peshonaga chiqariladi va shu joyda bog'lanadi.