bog'lanadl. Bu bog'lam tananing shakli murakkab qismlariga: boldir-tovon bo’g'imi
sohasiga, ensa sohasiga, yelka bo’g'imi sohasiga, panjaga, oraliqqa, boshga qo’yish
qulay.
Boshoqsimon tutashadigan va tarqaladigan bog'lamlar sakkizsimon bog'lamning
turlaridan hisoblanadi. Boshoqsimon bog’lamda bintlarning biri ustiga ikkinchisi
tushadigan joyini asta-sekin o'zgartirib boriladi, tutashadigan va tarqaladigan
bog’lamlarda sakkiz raqamini hosil qiladigan bint o'ramlari bir-biriga yaqinlashadi
yoki tarqaladi.
Qaytadigan bog’lam bog’lov materialini boshga, oyoq-qo’l cho’ltog'iga,
barmoqlarga mahkam bog’lash imkonini beradi. Bu bog’lamga bint o'ramlari
perpendikulyar tekislikda birin-ketin aylantiriladi, bunda bintni 900 C burchak
ostida qayirish va qayirilgan sohaga aylanma o'ramlar bilan mahkamlash yo'li bilan
erishiladi.
Toshbaqasimon bog 'lash bo'g’imlarni bog’lash uchun qulay. Bu bog'lamni
qo'yish uslubiga ko'ra uzoqlashuvchi va yaqinlashuvchi turlari bor. Tizza
sohasining uzoqlashuvini toshbaqa bog'lam bilan yopish uchun bint bo'g'imining
o'rtasidan ("tizza ko'zidan") aylantirib olinadi, so'ngra avvalgi o'ramning
yuqorisidan va pastidan ham shunday yurgiziladi. Bintning keyingi o'ramlari
tobora ko'proq tarqalib, butun bo’g'imni sekin-asta yopaveradi.
Dostları ilə paylaş: