O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Kapillyarlardan qon oqishi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Kapillyarlardan qon oqishi. Bu qon oqishi juda mayda qon tomirlari 
(kapillyarlar) shikastlanganda sodir bo'ladi. Teri shilliq qavati, mushak yuzi 
shikastlanganda, teri qirilganda shilliq qavati chaqa bo'lib, uning yuzidagi 
kapillyarlardan qon oqib turadi. Bunda qon yaraning barcha sathidan oqib chiqadi. 
Qonning rangi arteriya va venadan oqadigan qon rangi o'rtasida bo'ladi. Qon ivishi 
normal bo'lganda kapillyar qon oqishi o'z-o’zidan to'xtaydi. 
Parenximatoz qon oqishi. Ichki parenximatoz organlar (jigar, taloq, o'pka. 
buyrak) shikastlanganda undagi qon tomirlaridan juda ko'p qon oqadi, bu qon 
ketish biriktiruvchi to'qimalar orasida qon tomirlarining qisqarishi qiyin bo'lgan 
yerda bo'lganligi sababli, yo'li ochiq bo'lib, qon ketishining o'z holicha to'xtashi 
qiyinlashadi. Bu organlar qon tomirlariga boy bo'lganidan, qon oqishi juda uzoq
davom etadi. Qonni o'z-o'zidan deyarli to'xtatib bo'lmaydi, uni operasiya yo'li
bilan to'xtatish mumkin. 
III. Klinik holatiga qarab:
1. tashqi.
2. ichki
3. yashirin qon oqishi farqlanadi.
Tashqi qon ketishda qon tashqi muhitga oqib chiqadi, qon teridagi jarohat 
orqali tashqariga chiqadi. Tashqi qon ketish ko'proq bo'yin, qo'1-oyoq va boshqa 
joylarda kuzatiladi. 
Ichki qon ketish shikastlangan qon tomirlaridan bo'shliqqa, oraliqqa, ichki 
organlar joyiga va uning atrofiga tarqalish yo'li bilan namoyon bo'ladi. 
Yashirin qon ketishida klinik holatlar noaniq bo'ladi, bu "tushunib bo'lmaydigan" 
kamquvvatlik, tez charchab qolishlik, bosh aylanishi, ko'z oldining qorong'ilashishi 
bilan kechadi. Oshqozon-ichak bo'shlig’iga qon tushsa, u jigarrang tusga kiradi, 
ya'ni qondagi gemoglabin moddasi oshqozon shirasining ta'sirida ushbu rangni 
beradi. Agar qon oshqozonga yoki ichakka o'tsa, axlat qorayib kо’mir rangiga 
aylanadi, bu esa yashirin qon ketishining ishonarli belgilaridan hisoblanadi. 
Buyrak, siydik yo'li, siydik qopi shikastlanishi qon ketisli bilan kechsa, qon 
siydikda bo'ladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin