O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

O'tkir kamqonlik 
Ko'p qon yo'qotish natijasida, qon aylanishining keskin buzilishi, og'ir kislorod 
tanqisligi vujudga kelishi sababli o'tkir kamqonlik rivojlanadi. 
O'tkir kamqonlik belgilari o'ziga xosdir. Bemorning tinka madori qurib, quvvati 
ketayotganidan, quloqlari shang'illab, ko’z oldi qorong'ilashayotganidan, boshi 
aylanishidan. tashnalikdan va ko'ngli aynib qayt qilishidan shikoyat qiladi. Teri va 
shilliq pardalarning rangi oqaradi, yortoq suyaklari turtib chiqadi, qo'l-oyoqlar 
muzdek bo'ladi va yopishqoq sovuq ter bosadi, tomiri sust uradi, temperatura 
tushib ketadi, nafas olishi tezlashadi, qon bosimi pasayib ketadi, qon oqishi tezda 
to'xtatilmasa, bemor o'ladi. 
O'tkir kamqonlik belgilari paydo bo'lishi bilanoq tezda yordam berish kerak. 
Avvalo qon oqishini to'xtatish zarur. So'ngra qon va qon o'rnini bosuvchi 
suyuqliklar venaga yuboriladi. Bemorga issiq choy, kofe ko'p ichiriladi. Bunday 
hollarda bemorning qo'l va oyoqlarini yuqori ko'tarilib, boshini pastga tushirib 


yotqizish kerak (miyada qon aylanishi tezroq tiklanishi uchun)va tezda bemorni 
xirurgiya bo’limiga yuborish zarur. 
 Qon oqishini to'xtatish
Qon oqishini quyidagi usullar yordamida to'xtatish mumkin:
1) qon oqishining o'z-o'zidan to'xtatishi;
2) qon oqishini vaqtincha to'xtatish:
3) qon oqishini butunlay to'xtatish.
Qon oqishini to'xtatish yo'qotilgan qon o'rnini to'ldirish va patologik 
o'zgarishlarni yaxshilashga qaratiladi.
Qon oqishining o'z-o'zidan to'xtashi, kapillyarlar, mayda venalar yoki mayda 
arteriyalardan qon oqishi ko'pincha o'z-o'zidan to'xlab qoladi, chunki bunda 
organizmning bir qancha himoya mexanizmlari ta'sir ko'rsatadi. Zararlangan 
tomirlaraning devori qisqaradi (reflektor spazm), ularda qon harakati kamayadi
oqqan qon ivib, tomir teshigi laxta (tromb) bilan berkitiladi. Bemorning qoni 
ivimasa yoki qonning ivish xossasi pasaygan bo'lsa, qon oqishi o'z-o'zidan 
to'xtamaydi, Tashqi qon oqishida birinchi yordam ko'rsatish uchun avvalo qon 
oqishini tezda to'xtatish kerak. Qon oqishi ikki xilvaqtincha va butunlay 
to'xtatiladi. Birinchi yordam berish sharoitida qon oqishi shikastlangan odamni 
davolash muassasasida xirurg qon oqishini butunlay to'xtatish chorasini ko’radi. 
Qon oqishini vaqtincha to'xtatishda quyidagi usullar qo'llaniladi: 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin