jarohatlarga bo'linadi.
Teri va teri osti to'qimalari shikastlansa oddiy jarohatlar deyiladi. Jarohatlar
yangi va kechikkan jarohatlarga bo’linadi. Yangi jarohat deb, shikastlanish ro'y
bergandan keyin 24 soat ichida bemorga yordam ko'rsatilishiga aytiladi. Agar
bemor 24 soatdan keyin murojaat qilgan bo'lsa, u jarohat kechikkan jarohat
deyiladi.
Jarahatlarning klinikasi va asoratlari.
Har qanday jarohat og'riq, terining ochilib qolishi va qon oqishi bilan o’tadi
Og’riq jarohat yuzaga chiqqan zahoti kuchli bo'ladi. Og'riqning keskin kuchayishi
xarakterining o’zgarishi jarohatlarda asoratlar yiringlanish, anaerob infeksiya avj
olayotgankanligidan dalolat beradi.
Yara chetlarining ochilishi-yumshoq to'qimalarning qayishqoqligiga va qisqarish
xususiyatlariga bog’liq. Jarohat qancha katta va chuqur bo'lsa, chetlari shuncha
ko’p ochilib qoladi. Jarohatdan qon oqishi shikastlangan tomirlarning turiga
(arteriya, vena, kapillyar) arterial bosim darajasiga va jarohatning xarakteriga
bog’liq.
Asotatlari: Qon oqishi, jarohatlangan organlar funksiyasi buzilishi, peritonit,
pnevmotoraks, shok, hushdan ketish va terminal holatlarga bog’liq bo’ladi.
Jarohatlanishda qon oqishi va jarohatga infeksiya tushishi katta xavf tug'diradi.
Chuqur jarohatlar ko'p qon oqishi bilan kechib, kamqonlikka sabab bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: