O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə126/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   250
majmua

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA

Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo‘linadi. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan, «Inson», «Tabiat» tushunchalari – konkret tushunchalar, «Qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.


Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir.
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O‘qituvchi» va «O‘quvchi», «Ijobiy qahramon» va «Salbiy qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «savodli kishi», «vijdonli kishi» – ijobiy tushunchalar, «savodsiz kishi», «vijdonsiz kishi» esa salbiy tushunchalardir.
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, aniq, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli O‘zbekiston davlat kutubxonasi» – yakka, to‘plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir.

Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar


Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o‘zaro aloqada bo‘lganligi uchun ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o‘zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «paxtakor» va «dehqon» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi. Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «ideal gaz» va «go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda faqat taqqoslanadigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin