O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə129/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   250
majmua

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA

tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga ko‘ra kengroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan, «aylanma harakat» tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bo‘lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish amalining chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir. CHunki kategoriyalar uchun jins bo‘lgan tushuncha yo‘q.


Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha: A – Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
V – Aylanma harakat. S – Mexanik harakat. D – Harakat.
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik hayotimiz va ilmiy bilishda keng qo‘llaniladi. Xususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy qonunlar, g‘oyalar, nazariyalar mavjud empirik tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bo‘ladi. Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarini yaratib bo‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, g‘oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mexanikasidagi «Inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «Erkin tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.
Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. Bo‘lish amalini bo‘linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha), bo‘lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo‘lish a’zolari (bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. Masalan,
«inson»larni (bo‘linuvchi tushuncha) jinsiga ko‘ra, (bo‘lish asosi) erkak va ayollar (bo‘lish a’zolari)ga ajratish yo‘li bilan uning hajmi aniqlanadi. Bo‘linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo‘lish a’zolari – tur tushunchalar bo‘lib, ular o‘zaro birga bo‘ysunish munosabatidadirlar.
Tushunchalarni bo‘lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish lozim. Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni qismlarga bo‘lgan bo‘lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy belgilariga ega bo‘lmasligi mumkin. SHuning uchun ham «Kuzov avtomashinadir», degan mulohaza hosil qilsak, u xato bo‘ladi. Agar «Avtomobil» tushunchasini «Engil avtomobil», «YUk tashuvchi avtomobil» tushunchalariga ajratsak, uni bo‘lgan bo‘lamiz.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin