O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə137/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   250
majmua

Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Yuqorida ko‘rsatilgandek, oddiy hukmlar sub’ekt va predikatdan iborat bo‘ladi. Ular hajmi jihatdan xarakterlanadi. Hukm terminlari ikki xil hajmda bo‘lishi mumkin: to‘la hajmda olingan va to‘la hajmda olinmagan. Agar hukm termini bir turkum predmetlarning hammasini ifodalagan bo‘lsa, to‘la hajmda olingan bo‘ladi, aks holda to‘la hajmda olinmagan bo‘ladi. Umumiy tasdiq hukmlarda sub’ekti to‘la hajmda olingan, predikat bir xil hukmlarda to‘la olingan, boshqalarida to‘la hajmida olinmagan bo‘ladi. Masalan, «Hamma talabalar O‘zbekiston tarixini o‘rganadilar». Bunda talabalarning hammasi fikr qilingani uchun sub’ekt to‘la hajmda olingan, O‘zbekiston tarixini o‘rganuvchilar esa faqat talabalar emas, ular bilan birga yana boshqalar ham bor, shuning uchun predikat to‘la hajmda olinmagan. «Hamma oddiy hukmlar ikkita termindan iborat» kabi hukmlarda sub’ekt to‘la olingan, predikat ham to‘la, chunki ikkita termindan iborat faqat oddiy hukmlarning o‘zlaridir. Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti to‘la olinmagan predikati bir xil hukmlarda to‘la, boshqalarida to‘la olinmagan bo‘ladi. Masalan, J «Ba’zi spektakllar zamonaviy mavzularga bag‘ishlangan», bunda sub’ekt ham, predikat ham to‘la hajmda olinmagan. J «Ba’zi odamlar ikkita chet tilini biladi» kabi hukmlarda sub’ekt to‘la emas, predikat to‘la olingan, chunki chet tilini biladiganlar hammasi odamlardir. YAkka tasdiq hukmlarning sub’ekti va predikati to‘la hajmda olingan bo‘ladi. YAkka hukm sub’ektida bir predmet bir individ sifatida olingani uchun umumiy hukm singari sub’ekti to‘la

bo‘ladi. Predikati umumiy hukmning birinchi xili singari to‘la olingan bo‘ladi. Masalan, E «hech bir jism tinch turmaydi». Juz’iy inkor hukmlarda sub’ekt to‘la olinmagan. Masalan, O «Ba’zi talabalar kutubxonalarga a’zo emas». YAkka inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to‘la hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Bu odam oliy ma’lumotli emas» hukmlarda terminlar hajmini yaxshiroq tushunish uchun doiralardan foydalanamiz.









Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin