munosabatlar. Har qanday ikki hukm o‘rtasida emas, balki moddiy jihatdan bir xil hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr yuritamiz. Sub’ektlari bir xil, predikatlari bir xil hukmlar moddiy jihatdan bir xil hukmlar deyiladi. Hukmlar sifat va miqdr jihatdan farq qilishlari mumkin. Oddiy hukmlar o‘rtasida quyidagi munosabatlar bo‘lishi mumkin:
zidlik munosabati, umumiy tasdiq va juz’iy inkor (A—O) hamda umumiy inkor va juz’iy tasdiq
(E—J) hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Masalan,
A «Hamma talabalar a’lochi»,
E «hech bir talaba a’lochi emas». Juz’iy qarama- qarshilik munosabati, juz’iy tasdiq va juz’iy inkor hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Masalan,
J «Ba’zi qishloqlar obod»,
O «ba’zi qishloqlar orod emas». Bo‘ysunish munosabati umumiy tasdiq va juz’iy tasdiq hamda umumiy inkor va juz’iy inkor hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. (Masalan,
A «Hamma domlalar professor»,
J «ba’zi domlalar professor».
Murakkab hukmlar. Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, ularni murakkab hukmlar deb yuritamiz. Murakkab hukmlarni turlarga, ajiratganda ularning tarkibidagi mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga e’tibor beramiz. Shunga qarab murakkab hukmlarning quyidkgi asosiy turlarini ko‘rsatish mumkin:
birlashtiruvchi, ayiruvchi va shartli hukmlar.
Birlashtiruvchi hukmlarda sub’ekt rki predikat, ba’zan ikkalasi ham birdan ortiq bo‘ladi. Ularning tarkibida terminlarning teng bog‘lovchi «va» (uning o‘rniga mos keluvchi boshqa bog‘lovchi) mavjud bo‘ladi. Masalan, «Kant va Feyrbax nemis filosoflaridir», «Hamza shoir, dramaturg, kompozitor, ma’rifatparvar ».
Ayiruvchi hukmlar tarkibida «yoki» bog‘lovchisi bo‘lib, bir qancha predikatlarni bir biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov yo psixologiya, yoki siyosiy iqtisod, yoki filosofiya bo‘limida o‘qiydi».
Dostları ilə paylaş: