Sillogizmfiguralari. Sillogizm xulosasidagi o’rta terminning joylashuviga qarab o’zaro, birbiridan farqlanadigan shakllari sillogizm figuralari deb yuritiladi.
Mantiq ilmida sillogizmning 4 figurasi asoslab berilgan. Bular: a) Sillogizmning birinchi figurasi b)
Sillogizmning ikkinchi figurasi
s) Sillogizmning uchinChi figurasi
d) Sillogizmning to’rtinChi figurasi
Sillogizmning birinchi figurasida o’rta termin M katta asosning sub’ekti va kichik asosning predikati vazifasida keladi, hamda asoslarni bir-biriga bog’laydi.
Sillogizmning ikkinchi figurasida o’rta termin M katta va kichik asosda predikati vazifasida keladi va ularni bir-biriga bog’laydi.
Sillogizmning uchinchi figurasida o’rta termin M har ikkala asosning sub’ekti hisoblanadi va asoslarni bir-biriga bog’laydi. d) Sillogizmning to’rtinchi figurasida o’rta termin M katta asosning predikati va kichik asosning sub’ekti bo’lib keladi hamda ularni o’zaro bog’laydi. Sillogizmmoduslari. Sillogizm moduslari deganda sillogizmning har bir figurasi doirasida chiqariladigan xulosalarning turlari nazarda tutiladi. Sillogizm tarkibidagi mushohadalarning mazmun va miqdor jihatidan turli xil tarzda bog’lanishlari sillogizm moduslari deyiladi. Sillogizmning har bir figurasi doirasida 64 tagacha modus bo’lishi mumkin. Moduslar sillogizm xulosasi tarkibiga kirgan mushohadalar turi bilan belgilanadi. Masalan: Sillogizmning bir figurasining modusi A tarzida bo’lishi mumkin. Buning ma’nosi shuki, sillogizmning har 3 qismi (katta asos, kichik asos, xulosa) umumiy tasdiq (A) mushohadadan iborat.
Sillogizmlarningasosiyturlari. Xulosa uchun asos bo’lgan mushohadalar mohiyatiga ko’ra sillogizm xulosalari uch turkumga bo’linadilar:
Qat’iy sillogizm.
Shartli sillogizm.
Ayiruvchi (bo’linuvchi) sillogizm.
Qat’iysillogizmda asoslar qat’iy mushohadadan iborat bo’ladi. Masalan:
Metall issiqlik o’tkazadi. Mis
- metall
Demak, mis issiqlik o’tkazadi.
Asoslar yoki asoslardan biri shartli mushohadadan iborat sillogizm shartlisillogizmdeb yuritiladi. Masalan:
Teraklarning barglari uchidan sarg’aysa, qish qattiq keladi. Teraklarning barglari uchidan sarg’aydi Demak, qish qattiq kelishi mumkin.
Asoslardan bir ayiruvchi (bo’lingan) mushohadadan iborat bo’lsa, ayiruvchi(bo’lingan)