Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.
Qadimiy ona sayyoramizdagi xayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular - nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o‘zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi.Xar uchalasiga xam paydo bo‘lish, rivojlanish, o‘zini muxofaza qilishi, nasl qoldirishga intilishi instinkti berilgan va hayotining bir kunmas-bir kun o‘lim bilan nihoya topishi qismati belgilangan. Chunonchi, o‘simlik upug‘idan paydo buladi, rivojlanadi, singan shoxlari o‘rnini sirach chiqarib, davolaydi - muxofaza qiladi, urug‘lik qoldirib, bir kun kuriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatini hamda muayyan darajada idrok. etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so‘z bilan aytganda, aql bor. Uni G‘azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkkinchi yurak, yurak ichidagi yurak o‘qiydi. Ana shu axloq ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi.
Inson ham ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan okilona, aqlga bo‘ysundirilgan ravishda, cheklanadi, ya’ni nisbiylamaydi. Aks holda, muayyan bir, bir necha inson yoki guruxning betiyiq erkin ixtiyori nafakat boshqa insonlar va gupuhlap, balki nabotot, xayvonot olami, butun dunyo uchun fojeaga aylanishi mumkin. Ixtiyor erkinligini bunday cheklashning, aqlga bo‘ysundirishning asosiy vositasi axloqdir.
Shunday kilib, axloq - oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. YA’ni axloqning kelib chiqishi iloxiy manba’dandir. Ana shu iloxiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy toptirish xar bir insonning asosiy vazifasi, burchi. Shu bois o‘z-o‘zini va iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Ixtiyor erkinligi tufayli inson xar qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas’uliyat xissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas’uliyatni, o‘zgalar va o‘z vijdoni oldida javobgarlikni sezmagan kishi xoxlagan ishga qo‘l urishi mumkin - uni uz qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u fakat manfaat ustuvorligini tan oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Zero inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi axloqiy tanlov xar bir xatti-xapakat, xar bir qilmishning ibtido nuqtasi.
Umuman, inson va jamiyat axloqiy hayotida tanlovning ahamiyati beqiyos. Masalan, tarixdan bir ta’sirchan voqeani olib ko‘raylik bozorda mutasavvif alloma, ozarboyjon, eski uzbek (turkiy), fors tillarida o‘lmas asarlar yaratgan buyuk shoir Nasimiyning g‘azalini yod o‘qiyotgan bir yosh yigitni kufrda ayblab, xibsga oladilar. yigit oldida ikki yo‘ldan birini tanlash turardi yo piri Nasimiyni sotish va tavba qilib, banddan ozod bo‘lish yoki g‘azalni o‘zimniki, deb o‘limga tik borish. Pokdomon, or-nomusli yigit ikkinchi yo‘lni tanlaydi. Qozi uning terisini shilishga buyuradi. Olomon tomomabinlar yig‘iladi. Shu payt Nasimiy kelib qoladi. Voqeadan xabar topgan Nasimiy oldida xam endi tanlov turardi - tanlamaslikning iloji yo‘q edi yo o‘zini oshkor qilib, yosh yigitni jallod qo‘lidan qutqazishi va uning o‘rnini egallashi, yoki olomon orasidan sekin sirg‘alib chiqib ketib, shogirdining o‘limga maxkum etilishi evaziga o‘z jonini asrab qolishi kerak. Buyuk mutasavvif shoir birinchi yo‘lni tanlaydi o‘zini jallod qo‘liga tutqazib, begunox yigitni ozod etadi.
Qozi Nasimiyning terisini shilishga buyuradi. Jallod ishga kirishadi, atrofga qon sachraydi. SHunda qozi odamlarga, nari turinglar, bu kofirning tomchi qoni biror eringizga tegsa, usha erni kesib tashlash kerak buladi, deydi. qozi gapini tugatar-tutatmac, Tangri irodasi bilan bir tomchi qon sachrab kelib uning jimjalog‘ita tegadi. Olomon qozidan barmog‘ini kesib tashlashini talab qiladi. Endi qozining oldida tanlov turardi yo barmog‘ini kesishga berib, gapining ustidan chiqishi kerakki gapidan kaytib, sharmisor bo‘lishi kerak. Qozi axloqiynopok, qo‘rqoq va xudbin odam sifatida gapidan kaytadi. Nasimiy esa kiynoqqa mardonovor chidab, churq etmaydi, aksincha qozining axvolini ko‘rib, istexzoli kuladi va co‘ngi g‘azalini yoddan aytadi. Nasimiyning bu jasorati asrlardan-asrlarga o‘tdi, ne-ne shoirlarning she’rlarida madh etildi, o‘zi esa insoniy poklik va yuksak axloqiylikning o‘lmas timsoli bo‘lib qoldi. Bir namuna sifatida buyuk turkman shoiri Maxtum qulining “Savol-javob” she’ridan quyidagi sakkiz satrni keltirish mumkin :
Maxtum quli - u Himadip, emadilar-tuydilar? U nimadip, ulug‘ kunga qo‘ydilar?
Ul kim edi tovonidan so‘ydilar?
SHoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber! Durdi shoir - U diydordir, emadilar-tuydilar, U namozdir- qiyomatga quydilar,
Nasimiyni tovonidan so‘ydilar, Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!
SHunday qilib, ushbu misolda uch xil tanlovni, uch xil masuliyatni va ixtiyor erkinligidan uch xil foydalanishni ko‘rdik. Demak, xar bir insonning bu dunyoda axloqiy tanlov sinovidan o‘tmasligi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |