O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə168/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   250
majmua

Tayanch tushunchalar: Axloqiy madaniyat, Muomala odobi, Suhbat, Imo-ishora, Etiket,Kasbiy odob, Axloqiy tarbiya, Axloqiylik, Tarbiyalanuvchi, Komil inson, Namunaviylik, ommaviy madaniyat, bioetika,
Madaniyatning turlari ichida, xususan ma’naviy madaniyat doirasida axloqiy madaniyat o‘zining nihoyatda keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Uning shaxs hayotida voqe bo‘lishi xilma-xil omillar vositasida ro‘y beradi. Chunonchi, hayotiy tajriba, tarbiya, axloqiy ta lim, san’at ana shunday vositalardan hisoblanadi. Axloqiy madaniyat shaxsga o'zgalar bilan munosabatda an’anaviy axloqiy qonun-qoidalardan ijobiy foydalanishni, ularga zamonaviylik nuqtayi nazardan yondashishni, ezgulik bilan yovuzlikning farqiga borishni va egallagan axloqiy bilimlarini samarali tatbiq etishga o‘rgatadi. Qisqasi, u shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o‘z tajribalarida foydalamshi o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni qamray oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani yuksaltirishga xizmat qiladi. Axloqiy madaniyat doimo zamonaviydir. Ya’ni, u muayyan zamon erishgan axloqiy yutuqlar yoxud darajaning shaxs axloqiy hayotidagi ko‘rinishidir. To‘g‘ri, u, yuqorida aytganimizdek, ma’naviy axloqiy qadriyatlarni butunlay inkor etmaydi, lekin ularning zamonaviy shakllarda namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. M. mulozamat, takalluf va murojaat odobini olaylik. Bu axloqiy qadriyatlar qadimdan mavjud. Lekin ularning bugungi kundagi shakllari, deylik, Navoiy davridagidan farq qiladi. Garchand, u davrdagi mulozamat, takalluf va murojaat odobi o‘z mohiyatini saqlab qolgan bo‘lsa-da, bugun ulardan o’sha shakllarda foydalanish erish tuyuladi, hazilomuz-kulgili ko'nnadi, hatto istehzoli-kinoyaviy urg‘u kasb etadi. Biz yuqorida madaniyatning keng qamrovlilik xususiyatini ta ’kidlab o‘tdik. Zotan madaniyatning biror sohasi yo‘qki, unda axloqiy madaniyat bevosita yoki bilvosita ishtirok etmagan boMsin. U iqtisodiy madaniyatmi, tibbiy madaniyatmi, estetik madaniyatmi, baribir axloqiy madaniyatsiz mavjud bo‘lolmaydi. Hammasida axloqiy madaniyat muomala odobi,
etiket, kasbiy odob ko‘rinishlarida nafaqat ishtirok etadi, balki ma’lum ma’noda ularning yashash shartini belgilab beradi. Insonlar toki jamiyat bo‘lib hayot kechirar ekanlar, ular birbirlari bilan axloqiy munosabatga kirishmay yashashlarining iloji yo‘q. Axloqiy madaniyat ana shu munosabatning asosi, mohiyatini tashkil etadi.
Axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga oladi. Ana shunday eng muhim unsurlardan biri — muomala odobi.



Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin