O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə174/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250
majmua

Evtonaziya: evtonaziya Totli o‘lim - evtonaziya ham bioetikaning global muammolaridan. Bedavo dardga chalingan bemorni azob-uqubatlardan qutqarish uchun uning o‘limini qasddan tezlashtirishga munosabat yuzasidan tibbiyotchilar, yuristlar, sotsiologlar va psixologlar orasida ko‘p sonli bahslar hanuz davom etmoqda. Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) engil og‘riqsiz o‘limni belgilash uchun «evtanaziya» (yunoncha «euthanasia», «eu» – yaxshi,
«thanatos» - o‘lim), ya’ni azob-uqubatlarsiz, yaxshi, oson va engil o‘lim atamasini muomalaga kiritdi. Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtai nazardan kechirilmaydi. Chunki sabrli, bardoshli bo‘lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan kechirish insonning vazifasi. Lekin axloqiy jihatdan olib qaraganda masala qanday baholanadi? Deylik, muayyan inson, bemor o‘z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar ichida o‘tishini biladi. Shu bois u o‘zining ana shu holatini juda yaxshi biladigan boshqa bir odam
- shifokordan azoblariga chek qo‘yishni so‘raydi. Uning iltimosi va shu iltimosni bajarish uchun

shifokor tomonidan qilingan xatti-harakatlarni qanday, baholash mumkin? Bu xatti - harakatlarni insoniylik va insonparvarlikning ko‘rinishi sifatida qabul qilish to‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya axloqiylikmi, axloqsizlikmi? u muammo ham umumjahoniy miqyosda o‘z echimini kutmoqda. Chunki tabobat borasidagi so‘nggi tadqiqotlar inson o‘limi bir lahzada ro‘y bermasligini, yurak urishi va nafas olish to‘xtaganda ham, miya o‘lmasa insonni o‘ldi deyish mumkin emasligini isbotlab berdi. Hozirgi kunda toki miya o‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a’zolarning yangi tabobat texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orqali ancha muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurak yoki buyrakning ko‘chirib o‘tkazilishi hali o‘lmagan odamning minimal tiriklikka bo‘lgan huquqini poymol qilishdir. Amerikalik neyroxirurg Pol Pirson o‘z tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib o‘tkazilganda ruh ham ko‘chib o‘tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka o‘tkazilganida, yigitning fe’l-atvorida juda katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Yoki 20 yashar qizning yuragi va o‘pkasi 36 yashar ayolga o‘tkazilganda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuzaga kelgan: ayolning kulishigacha o‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtai nazardan buni qanday izohlash mumkin?


KLONLASHTIRISH Klonlashtirish atamasi ingliz tilidagi “slone”, “cloning” so‘zlaridan kelib chiqqan va hozirgi kunga kelib o‘z yozilishi, o‘qilishini biroz o‘zgartirgan. Ingliz tilida bu so‘z biologik termin sifatida yuz yillar oldin qo‘llana boshlagan. Biroq shu qisqa vaqt ichida o‘z ma’nosini bir necha marta o‘zgartirishga ulgurgan . Dastlab klon so‘zi vegetativ yo‘l bilan, ya’ni bir o‘simlik urug‘idan olingan o‘simliklar guruhiga nisbatan qo‘llangan. Oradan bir muncha vaqt o‘tib, ushbu atama bakteriyalar turkumini etishtirishga nisbatan ishlatilgan.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin