O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə175/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   250
majmua

TRANSPLANTATSIYA Transplantatsiya–odam va xayvonlarda potologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to‘qimalar va organlar o‘rniga sog‘lomini ko‘chirib o‘tkazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan ma’lum. Teri, muskul, nervla , ko‘zning muguz pardasi , yog‘, va suyak to‘qimasi , yurak , buyrak va boshqa organlar ko‘chirib o‘tkaziladi. Qon quyishtransplantatsiyaning alohida turidir. Ko‘chirib o‘tkaziladigan to‘qima yoki organ kimdan olinganiga qarab quyidagicha farqlanadi.

Ksenotransplantatsiya:


K senotransplantatsiya Transpantalogiya- yashashga umid qolmagan, dori darmonlar foyda bermagan insonlarning so‘ngi chorasi va yashash uchun so‘nggi umidi bo‘lib qolmoqda. Lekin ushbu muammo bugungi kunda ko‘pgina jinoiy holatlarga ya’ni, inson organlarini sotish jarayonlariga olib kelmoqda. Ushbu muammolarni echimining bugungi kundagi yangi yo‘llardan biri hioblangan, insonga xayvonning organi yoki to‘qimasini ko‘chirib o‘tish – ya’ni ksenotransplantatsiyadir.
ABORT Amaliy etikaning anchadan buyon ko‘pchilikka ma’lum muammosi, bu – abort. To‘rtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo bo‘ladi . Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak , har qanday abort, xalq ta’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bo‘lgan huquqdan mahrum etishdir. Xo‘sh, abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi ?

O‘lim jazosi:


O‘lim jazosi O‘lim, ma’lumki, axloqiy nuqtai nazardan eng ulkan yovuzlik hisoblanadi. Ayniqsa majburiy o‘lim. SHunga ko‘ra, o‘lim jazosining huquqiy jihatdan qo‘llanilishi mohiyatan jamiyat tomonidan yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob berishdir. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom islom dinining uch asosi borligini aytib, ularning birinchisi odam o‘ldirmaslik ekanini ta’kidlaydilar. Buni imom G‘azzoliy «Mukoshafaat ul – qulub»da shunday keltiradi:
«Termiziy va boshqa hadischilar rivoyat qiladilar: Rasulluloh buyurdilarki: … Islomning uch dasturi bor. Dinning tamoyili shular ustiga qurilgan. Kim shu asoslardan tashqari chiqsa, bu bilan u kofirlikka qarab ketgan bo‘ladi: 1 – Qonni (odam o‘ldirishni) halol hisoblasa; 2 – Ollohdan

boshqa iloh yo‘qligiga guvohlik (shahodat) bermasa; 3 – Farz bo‘lgan namozni va ro‘zani inkor etsa».





Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin