O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə191/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   250
majmua

Zamonaviy san’at turlari. Texnikaviy yutuqlar asosida vujudga kelgan zamonaviy san’at turlari insonning har qanday qulay sharoitdan yangi san’at turi yoki asarlarini yaratish uchun foydalanishini ko‘rsatadi, insondagi san’atga bo‘lgan azaliy va abadiy intilishidan dalolat beradi. Bir paytlar, o‘ta ratsional, san’at bilan sig‘ishmaydigan, qo‘pol deb hisoblangan texnikadan hozirgi paytda inson ildizi noratsionallikka borib taqaladigan badiiy qiyofa yaratish uchun foydalanmoqda. SHuning natijasi o‘laroq, keyingi bir yarim asr ichida bir necha zamonaviy (texnikaviy) san’at turlari paydo bo‘ldi va rivojlandi.
Fotosan’at. XIX asrning 20-30-yillarida fransuzlar J.Nens, L.Dager, ingliz U.Tolbot tomonidan shahar manzaralari, mevalarning rassomlik san’atidagi ko‘rinishlarini optika va kimyo yordamida suratga ko‘chirish amalga oshiriladi. Uni dastlab «fotogeniya», «fotogenik san’at» deb, keyinroq esa, uni rassomlik san’atidagi rangtasvir va grafikaga yaqinligi nazarda tutib,
«fotografiya» degan nom bilan atashdi. Muhimi shundaki, suratga tushirishni badiylashtirish, fototexnika asosida san’at asari yaratish boshlandi. Ayni paytda, endi rangtasvirning kuni bitdi, degan, shoshib aytilgan fikrlar ham o‘rtaga tashlandi.
Badiiy suratkashlikning, ya’ni nurtasvirning rangtasvirdan farqi va eng muhim belgisi – bu uning hujjatlilik xususiyati, undagi har bir suratga olingan hodisa real asosga ega. Rassom o‘zi tanlagan syujet tasvirida tasavvur va xayolotga keng o‘rin beradi, fotosan’atkorda bu imkoniyat yo‘q, u tasvir ob’ektini real, hayotdagi holatida qanday bo‘lsa, shunday suratga tushiradi. Lekin u ob’ektning «yalt» etgan jonli ko‘rinishini topa bilishi va o‘sha jonlilikni saqlab qoladigan nuqtadan turib ijod qilishi, ba’zan ob’ektning ishiga aralashishi, uni muayyan ruhiy yoki manzaraviy holatga kelishi uchun ko‘maklashishi kerak bo‘ladi. Biroq u rassomning erkin aralashuvi imkoniga ega emas. SHu bois biz fotosan’atda eng yuksak darajadagi jonlilikni ko‘ramiz, tom ma’nodagi real borliqning qo‘shig‘ini tinglaymiz.
Fotosan’atda montaj katta ahamiyatga ega. Montaj orqali badiiy qiyofa yaratish imkoni nihoyatda keng. Fan va texnikaning ravnaqi tufayli u «mo‘‘jizaviy» darajaga ko‘tarildi.
Kino. Eng miqyosli zamonaviy san’at turi hisoblanadi. Bugungi kunda u hamma erda
«hoziru nozir». Uni kinoteatrlarda jamoaviy, televidenie va videomagnitafon orqali esa oilaviy yoki individual tomosha qilish mumkin. Hozirgi paytda kino o‘zining dastlabki «harakatdagi fotografiya» holatidan shu qadar uzoqlashib ketganki, endi uning ovozsiz davridagi montaj dramaturgiyasiga suyanib qolgan san’at sifatida tasavvur ham qilish qiyin. Hozir aktyorlar yaratgan, murakkab psixologizmga asoslangan badiiy qiyofalar, adabiy ssenariy zaminida ekranlashtirilgan real hayotni badiiy aks ettiradigan davomli, ko‘pchiziqli syujet birinchi o‘rinda turadi. Kinoda teatrdagidek dinamik dramatizm hamda uning asosini tashkil etgan harakat, harakat va yana harakat (bunda fikriy harakat ham nazardan qochirilmasligi lozim) asarning moyasini tashkil etadi. Biroq kino, teatrdan farqli ravishda, kadrlar orqali zamondan-zamonga «sakrab» o‘tish imkoniga ega, biroq bu «sakrash», agar film rejissurasi puxta bo‘lsa, tomoshabinga

sezilmaydi, u hozirgi voqealarning ibtidosi, sababchisi – avval bo‘lib o‘tgan voqealar ekanini his qilib turadi. CHunki o‘tgan voqealarning eng muhim, qahramonlar taqdirini belgilaydigan holatlari kadrlarda bugungi voqealar bilan tabiiy ulanib ketadi, ya’ni kecha – bugunga, bugun – kechaga o‘tib turishi ekran imkoniyati doirasidagi «oddiy gap», kino san’ati usullaridan biri. Sahnada esa bunday imkoniyat yo‘q, unda mazkur holatlar tomoshabinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki dekoratsiya va musiqa o‘zgarishlari yordamida aktyorlar monologlarida, ba’zan diologlarida nutq (so‘z) orqaligina shartli ravishda etkazib beriladi.


Televidenie. Agar estrada «san’atdagi jurnalistika» bo‘lsa, televidenieni «jurnalistikadagi san’at» deyishimiz mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san’at targ‘ibotini texnikaning eng yangi yutuqlari asosida amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida olib qarash uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, telejurnalistika mavjud va uni inkor etish aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real odamlar ishtirokidagi
«jurnalistik» syujetlarning san’at darajasiga ko‘tarilganini, ularning estetik ahamiyat kasb etganini yaqqol ko‘ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o‘lkaki...» turkumidagi ko‘rsatuvlarini olaylik. Ularni oddiy jurnalistik televizon reportaj deyish mumkinmi?! Bu ko‘rsatuvlarning deyarli har biri o‘ziga xos film, shunday filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan sifatlashni qo‘yish nohaqlik. Zamonaviy shaharsozlik estetikasi
San’atshunoslikda «shahar atrofi dizayni», «shahar muhiti dizayni», «shaharni badiiy bezatish» va
«shahar dizayni» tushunchalari ishlatiladi. Ular mohiyatan aynan tushunchalardir, shuning uchun
«shahar dizayni» deganda biz shahar ichini, inshootlari va maydonchalarini, aholidan oladigan istirohat maskanlarini, kishilar nigohini, diqqatini tortadigan madaniy, maishiy muassasalar atrofini badiiy-estetik bezatish san’atini, loyihalashtirishni nazarda tutamiz. Uning asosiy retsipienti shahar kishisidir.

«SHahar dizayni» tushunchasi o‘tgan asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan va u kishilar, ayniqsa iste’molchilar to‘planadigan joylarni, vitrinalarni informatsiya tarqatish funksiyasini bajaradigan tumbalar reklamalar, ko‘rsatkich va afishalarni nazarda tutgan. Dizaynshunos V.L. Glazichevning fikriga ko‘ra, yuqoridagi oddiy bezaklar o‘rniga 50- yillarga kelib bil-bord, aylanma vitrinalar, savdo-sotiq o‘choqlariga ulanib ketgan kioskalar, ko‘p qavatli uylar oldida xalq amaliy san’ati namunalari bilan bezatilgan maydonchalar paydo bo‘ladi [1]. Natijada kishilarning badiiy-estetik didini shakllantirishga, inshootlar, ko‘p qavatli uylar, istirohat maskanlarini dizayn qonunlariga muvofiq badiiy bezatishga ehtiyoj tug‘iladi. SHahar kishisining serharakatligi, seytnot, psixologik ta’sirlarning ortib borayotgani, butun badiiy-estetik izlanishlarda va san’at asarlari yaratishda bo‘lgani kabi shahar dizayni oldiga ham qator talablar qo‘yadi.


Birinchi talab shunda ediki, shahar dizayni mavjud inshootlar kompleksini, kishilarning ko‘zi tushadigan joylarni badiiy-estetik go‘zal, betakror va o‘ziga xos mohiyatli qilishi lozim. Qad ko‘tarayotgan inshootlar sonining oshishi bilan ularning tashqi ko‘rinishiga, badiiy-estetik jixatlariga talab ham ko‘paydi, ya’ni o‘tgan davrda an’anaga aylangan temir-beton inshootlarni qurishga badiiy-estetik ko‘rinish, bezash lozim bo‘ladi. Masalan, 60- 70 yillarda Toshkentda (ayniqsa Chilonzor tumanida) “xruщevka” nomini olgan temir- beton uylarda deyarli hech qanday badiiy- estetik mohiyat ko‘zga tashlanmaydi. Zerikarli, qo‘ng‘ir rangli beton-uylar ham shaharsozlikda dizayn belgilari shakllanmaganidan dalolat beradi. Mustaqillik yillarida zerikarli ko‘rinishdagi temir-beton inshootlarning birinchi qavatini zamonaviy shisha, mramor, plastika, alyubond va rang-barang vitrinalar bilan bezatish an’anaga aylandi. Bugun ushbu binolar dizaynida asekko (devorga rasm chizish uslubi) freska, vitraj, bakkar (xrustal bilan bezatish uslubi), rang-tasvir, grafika, glintika (toshga o‘yish san’ati), gobelen, izrazets, inkrustatsiya bilan


birga o‘zbek xalq amaliy san’ati – naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganch o‘ymakorligi va boshqalardan foydalanilayotganini ko‘ramiz.


Ikkinchi talab serharakat shahar kishisining vaqtini tejash hamda unda ma’lum bir voqealar, hodisalar haqida ta’surot uyg‘otish, fikr shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan [2]. O‘sha davrda hukmron bo‘lgan kommunistik mafkura ko‘chalar, maydonlar va binolarga turli shiorlar, plakatlar ilishni an’anaga aylantirgan. Ularda asosiy e’tibor shriftga, ya’ni shior mazmuniga mos keluvchi shriftdan foydalanishga qaratilgan. SHiorlar ko‘pincha qizil alvonga uzoqdan ko‘zga tashlanuvchi kesma shriftlar bilan yozilgan. 70-yillarga kelib katta ko‘chalarda, korxonalar maydonchalar, istirohat maskanlari va ma’muriy idoralar oldida katta plakatlar, temir konstruksiyalar yoki oq mramor bilan qoplangan stendlar, mozaika pannolar o‘rnatish keng tarqaladi. Mazkur stend va pannolarni hozirgacha Toshkent shahrida uchratish mumkin.


Shuni qayd etishimiz kerakki, mazkur plakat, stend va pannolar asosan ideologik vazifani bajargan, ularda shaharning badiiy-estetik obrazini yaratish, san’at asarlarini dizayn talablariga muvofiq loyihalashtirish, bezatish nazarda tutilmagan.


Uchinchi talab shahar – inson konsepsiyasi yuzaga kelgani bilan bog‘liqdir. O‘sha davrda o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlar ko‘rsatadiki, shahar shunchaki makon, kishilar ishlaydigan va istiqomat qiladigan muhitgina emas, u insonning dunyoqarashi, badiiy-estetik didi va hayotiy idealini shakllantiradigan ijtimoiy-tarbiyaviy omildir. SHahar muhiti, undagi tarixiy-madaniy an’analar, turmush tarzi, arxitektura, ko‘chalar va istirohat maskanlari insonda ma’lum etnostereotiplarni shakllantiradi. Mazkur tadqiqotlarda shaharni loyihalashtirishga dizayn san’ati nuqtan nazaridan yondashish lozim, degan fikr ilgari suriladi. To‘g‘ri, ularda hali «shahar dizayni» degan ibora ishlatilmaydi, ammo tadqiqotchilar shahar muhitini badiiy-estetik g‘oyalar va asarlar bilan bezatish konsepsiyasini ilgari suradilar. Masalan, S.B. Bazazyansning fikriga ko‘ra, shahar muhiti, ko‘chalar, inshoot va maydonlar musavvirga rang-barang san’at turlaridan foydalanishga imkon beradi, shuning uchun «har bir ijodkor shahar muhitini badiiy-estetik ta’sir ob’ekti, shahar kishisini esa retsipient» sifatida qabul qilishi mumkin.


Shu bilan birga shahar muhitini etnomadaniy belgilarsiz tasavvur etish ham yuqoridagi izlanishlarda ko‘zga tashlanadi. SHaharni badiiy-estetik bezatishda o‘ziga xoslik, betakrorlik, etnomadaniy an’analarga muvofiqlikni izlash emas, balki nasl- nasabsiz, milliy belgisiz
«sotsialistik shaxs» va «sotsialistik san’at» yaratishga intilish ustun turadi.

SHubhasiz, yuqoridagi uchta fundamental ahamiyatga ega talab shahar dizayni haqida tasavvurlar uyg‘otdi, shahar-inson aloqalarini badiiy-estetik mohiyat bilan boyitishga etakladi. Toshkentda Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn institutining ochilishi O‘zbekistonda dizayn san’atini alohida ilm-fan, ijodiy faoliyat sifatida o‘rganish imkonini berdi.


Respublikamizda dizayn haqidagi qarashlar endi shakllanmoqda, «shahar dizayni» tushunchasi ham endi qo‘llanilmoqda. Bu borada olib borayotgan ilmiy izlanishlarimiz bizni quyidagi fikrlarni bildirishga undaydi.


Shahar dizayni shaharsozlik, arxitektura, shahar infrastrukturasi va landshaftining tarkibiy kismi sifatida qaralishi, quriladigan har bir inshoot, shakllantiriladigan infrastruktura esa badiiy-estetik mohiyatga betakror, rang-barang, qiziqarli ko‘rinishiga ega bo‘lishi lozim. Buning, uchun shaharsozlar, arxitektorlar dizaynerlar bilan ijodiy hamkorlik o‘rnatishi darkor.


Shahar dizayni rang-barang sohalar bilan bog‘liq ijodiy faoliyat turidir. U arxitektura, yo‘l transporti, savdo-sotiq, madaniy- maishiy xizmatlar uyushtirish, kommunikatsiya, mebelshunoslik, ijtimoiy boshqarish va tabiiy ravishda, san’atning barcha janrlarini, turlarini bilishni talab etadi. Shuning uchun «SHahar dizayni» kursini ishlab chiqish va mutaxassislar tayyorlash jarayoniga joriy etish maqsadga muvofiqdir. Shahar dizayni atrof-muhitga shahar dizayn inson triadasi sifatida yondashishga undaydi. Mazkur konsepsiya markazida shahar va inson manfaatlarini o‘zining ijodiy faoliyatida uyg‘unlashtiruvchi mutaxassis – dizayner turadi. Aynan ushbu mutaxassis insonda ijtimoiy muhitdan, undagi badiiy-estetik va etnomadaniy qadriyatlardan to‘la qoniqish hissini uyg‘otadi, o‘z shahrini sevib, uni yanada go‘zal qilib, yaratib yashashga undaydi.SHahar dizaynida zamonaviy, g‘arbona va an’anaviy, sharqona san’at janrlarini, turlarini uyg‘unlashtirish imkoni kattadir. Ushbu janrlarni, turlarni sintezlashtirish mutaxassisni erkin, keng izlanishlarga undaydi va uning asarlarini ommalashtiradi, hayotiy qiladi. Demak, shahar dizayni badiiy-estetik ijodni ijtimoiy hayotga, amaliyotga yaqinlashtiradi, izlanishlarga pragmatik yo‘nalish beradi.





Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin