O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə194/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   250
majmua

vositasi. Shuni maxsus ta'kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo'lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo'lib yetishishiga monelik ko'rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o'rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o'tish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Ma'lumki, inson o'zining ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go'zalliklardan bahramand bo'lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o'zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi bir necha o'n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil etish davri bo'ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatni abadul abad buzib qo'yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o'rtalariga kelib inson faoliyati yerdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi xavfi yana ham aniqroq namoyon bo'lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o'zgarish yer atmosferasida yuz berayotganligi barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik” gazlariga taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta'sir ko'rsatishini ilgaridan aytib berish qiyin, chunki global iqlim g'oyatda murakkab tizimdir. Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo'lib kelgan va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo'nalishini, yog'inlar miqdorini o'zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg'oq hududlarida yashovchilarga havf– hatar tug'dirib dengizlardagi suvning sathi ko'tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko'payib ketgan va borgan sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari bor, Ushbu qo'shimcha ta'sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi esdan chiqarmaslik kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo'ladigan munosabati estetik jihatdan to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi hamda uning estetik «no'noqligi» bois ular o'rtasida katta bo'shliq yuzaga keldi; bu bo'shliq insoniyat boshiga misli ko'rilmagan talofotlarni solishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan ko'plab tabiiy–moddiy boyliklarni tejab qolishga, atrof–muhit musaffoligini ta'minlashga, o'simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining yo'q bo'lib ketish havfining oldini oladi. Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda ma'naviy go'zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy–foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta'sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma'naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. O'zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi–ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda


mehnatga bo'lgan yangicha tuyg'uni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag'batlantirish, odamlarda mulkka egalik xissiyotini tarbiyalash o'z navbatida mehnatga bo'lgan munosabat orqali rivojlanib boradi. Negaki, odamlarda ko'p ukladli, turli mulk tizimlarini barpo etishga bo'lgan rag'bat tarbiyasi insonni bir tomonlama fikrlashdan, boqimandachilik kayfiyatlaridan halos qilib, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, odamning o'z kuchi va salohiyatiga suyanishini kuchaytiradi, mehnatga hurmat, sadoqat va fidoiylik tuyg'ularini shakllantiradi. Bu pirovardida xalq turmush darajasining o'sishiga olib keladi. Mehnatga bo'lgan yangicha munosabat o'zining ana shunday hususiyatlariga ega ekanligi bilan nafosatli tarbiyaning muhim vositasi bo'lib sanaladi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari inson estetik tarbiyasiga yaqindan ta'sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televidenie shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang–barang mavzulardagi ko'rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy–ma'naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tarbiyani maqsadli yo'naltirishda, insonlar tafakkurida go'zallikka bo'lgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi. Sport – estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e'tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog'lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko'plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O'bekiston ko'plab sport turlari bo'yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o'tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatida ko'zga ko'rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma'noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog'lomlashtirishiga qaratilgan. Bir so'z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida «Farzandlari sog'lom yurtning kelajagi porloq bo'ladi» - degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo'shadi. Bugungi kunda milliy g'oya va milliy mafkura hayotiy ehtiyoj darajasiga ko'tarildi. Shunday ekan, har bir inson jamiyatda o'z o'rnini bilishi, o'zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura dunyosida paydo bo'ladigan bo'shliq pirovardida jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta xavf solishini anglamoqdamiz. Tarbiyaning estetik shakli esa mazkur jarayonlarda yosh avlodni go'zallik haqidagi tuyg'ularini, tabiatga bo'lgan munosabatini, badiiy adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma'naviy rivojidagi yangicha qarashlarni go'zallik va ulug'vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tarbiya juda keng ko'lamga ega bo'lib, insonni bir butun shaxs sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun har qaysi davr, tuzum, jamiyat estetik tarbiyaga ehtiyoj
sezadi. Biroq, bu jarayon pedagoglar zimmasiga juda katta vazifa yuklaydi. Ayniqsa, bugungi kunda

oliy ta'lim muassasasida katta ehtiyojga aylanmoqda. Biroq, ko'pgina oliy ta'lim muassasalarida bu fanga nihoyatda jo'n va primitiv yondoshuv mavjudligini alohida e'tirof etish zurur. Fanning maqsadini noto'g'ri tushunish mavjud. Estetik tarbiya ma'naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida inson ma'naviy va jismoniy olamining uyg'un tarzda rivojlanishiga ulkan xissa qo'shadi. Estetik tarbiyada insonning tashqi ko'rinishi, uning jamoat orasida o'zini tutishi, jismoniy baquvvat bo'lishi ham katta ahamiyatga ega. Shubhasiz, yuksak did ma'lum darajada kishining estetik tarbiya ko'rganidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytganda, ma'naviyatni yuksaltirishda estetik tarbiyaning zaruriyatini quyidagicha izoxlash mumkin. - globallashuv jarayonida inson tabiatida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni optimallashtiradi; - ma'naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida mavjud tahdidlarga qarshi inson go'zalligini har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlaydi; - estetik tarbiyaning asosida insonning hayotga bo'lgan ijodiy munosabati yotadi, bu ijodiylik fetish estetikaning avj olishiga monelik qiladi; - insonning estetik didini tarbiyalash orqali uning g'ayriestetik jarayonlarga munosabati shakllanadi.



Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin