O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə240/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   250
majmua

«Portfolio-kollektor». Bu portfolio talaba muallif bo‘lmagan materiallardan iborat bo‘ladi. Bunga o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo‘llanma va ko‘rsatmalar, elektron o‘quv adabiyotlari, o‘quv-vizual materiallar, maqolalar, lug‘atlar yoki talabaning o‘zi mustaqil topgan adabiyotlar hamda boshqa o‘quv materiallari kiradi.

  • «Jarayon portfoliosi» talaba tomonidan o‘quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy, axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini mustaqil qo‘llash malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash jarayonidagi barcha bosqichlarni: muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich, taqdimot va loyihani baholashni o‘z ichiga olishi kerak.

  • «Ko‘rsatkichlar portfoliosi» talabaning biror bir soha bo‘yicha mahoratini va ko‘rsatkichlarini jamlash hamda ko‘rsatish maqsadida yaratiladi. Unga talabaning o‘zi yoki ustozi tomonidan tanlagan eng yaxshi ijodiy ishlaridan namunalar qo‘yiladi.




    1. «Baholash portfoliosi» talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat qilish maqsadida tuziladi va u turli xil nazorat materiallaridan: nazorat ishlari, testlar, sxemalar, krossvordlar va boshqa topshiriqlardan iborat bo‘ladi. Baholash portfoliosi o‘qituvchi tomonidan mustaqil tuziladi va uni rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan natijaga erishish uchun o‘z vaqtida talabalarga taqdim etishi talab etiladi.

    2. «Yutuqlar portfoliosi» talabaning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va yutuqlarini ko‘rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o‘z xohishi bilan o‘zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov yorliqlari, diplomlari, taqrizlar va o‘z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.

    3. «Talabaning elektron portfoliosi» - e-Portfolio. Keyinga vaqtlarda rivojlangan davlatlarida e-Portfolio deb nomlanuvchi «Talabaning elektron portfoliosi» keng qo‘llanilmoqda. Bu oddiy Word formatidagi papka bo‘lmasdan, maxsus multimedia tizimida yaratilgan «portfolio» hisoblanadi. Talaba uni osonlik bilan to‘ldirishi, tahlil qilishi, yangi materiallarni joylashtirishi, o‘zi tanlagan axborotlarni boshqarishi mumkin.


    1. Yüklə 6,03 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   250




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin