O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Substansiya tushunchasining mohiyati



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə35/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   250
majmua

Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo‘lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot.

«substantia» – «mohiyat», «asos») kategoriyasi qo‘llaniladi. Ilk falsafiy yo‘nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o‘sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er,suv, havo, olov yoki fikriy konstruksiyalar, «birinchi g‘ishtlar» – apeyron, atomlar qaralgan. «Avesto»da birlamchi substansiya olov deb atalgan. Keyinchalik substansiya kategoriyasi o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi substansiya bilan bog‘lana boshladi.Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g‘oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan. Substansiya g‘oyasidan turli falsafiy ta’limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o‘zlari qanday javob berishiga qarab har xil foydalanadilar.
Monizm (yunon. «monos» «bitta», «yagona») dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta’limot. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, shuningdek, birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialis tik va idealistik monizmni qayd etish lozim.
Materialistik monizm dunyo yagona, uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyada olam ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‘ta rivojlangan ko‘rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin