O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə36/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   250
majmua

Idealistik monizm esa, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo‘q bo‘lmasligi va birinchi asosiga ega bo‘lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda ob’ektividealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o‘lmas g‘oyalar, zardo‘shtiylikda olov, o‘rta asr falsafasida – Xudo,Gegelda – yaratilmaydigan va o‘z-o‘zidan rivojlanadigan «mutlaq g‘oya») va sub’ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari,«elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.
Dualizm (lot. «dualis» – «ikki yoqlama») birinchi asos sifatida ikkita substansiya tan olingan falsafiy yondashuv. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g‘oyalar va aqlidrokning alohida o‘rnini aniqlashga harakat qilgan.Falsafa tarixida Rene Dekart dualizmning yorqin vakili sifatida o‘rinoldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi.
Plyuralizm (lot. – «ko‘plik», «ko‘p xillik», «ko‘p sonlik») dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limotdir atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu Ayni shu ta’limot borliqning ko‘p sonli mustaqil va o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslari borligi haqidagi g‘oya ham ilgari surilgan. Leybnitsning monadalar haqidagi ta’limoti
(monadologiya) plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko‘ra, dunyo sonsanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to‘rt asosi haqidagi ta’limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi. Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi.
«Materiya» atamasi lotincha «materia» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «modda» degan ma’noni anglatadi. SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik va
falsafaning rivojlanishiga muvofiq necha marta o‘zgargan.Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin