O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə49/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250
majmua

Dialektik ziddiyat bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir. Qarama- qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa – ularni echish mexanizmidir. Quyidagi dalillar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va qarama-qarshiliklar tushunchasiga misol bo‘lishi mumkin: Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy va o‘ta qashshoq qatlamlari qaramaqarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan. Zero, mayda mulkdorlar olgan daromadining bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor kon’yunkturasini o‘rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. YAna bir misol – shaxs va jamiyat munosabatlari. Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi. Bu va boshqa dalillar bilishda ichki qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham, bog‘lovchi bo‘g‘inlarni ham hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi. XX asr 30-yillarining boshida ingliz fizigi Pol Dirak pozitronlar, ya’ni elektronlarga o‘xshash, lekin musbat zaryadga ega bo‘lgan zarralar mavjudligini bashorat qildi. Garchi olim o‘z nazariyasida biron-bir xato topmagan bo‘lsa-da, aksilzarralar mavjudligiga uning ishonchi yuq edi. SHunday qilib, qaramaqarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-biri bilan bilvosita bog‘liqligi umumiy xususiyat kasb etadi, aloqa usuli esa bog‘lanish xususiyati bilan belgilanadi. Bog‘lovchi bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat qarama- qarshi a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi. Tafovut – avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir.
«Tafovut» – har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik

munosabati. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Kuchli tafovut predmetning o‘z- o‘zi bilan ziddiyatga kirishish omili. Bu qarama-qarshilik bosqichi bo‘lib, uning echilishi predmetning butunlay o‘zgarishiga olib keladi. SHunday qilib, ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi. Rivojlanish manbai va rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchni farqlash lozim. Rivojlanish manbai – ichki hodisa, predmetning ichki ziddiyatlaridir. Vaholanki, tashqi ziddiyat ham rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch bo‘lishi mumkin. Masalan, siz shamollab qoldingiz. Ayni holda tashqi muhit sizning holatingiz o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuch bo‘ldi. Dialektik ziddiyat tarkibida asosiy tomon manfiy xususiyatga ega, chunki u mazkur ziddiyatni bartaraf etish, inkor qilishga qaratilgan. Musbat tomon mazkur ziddiyatni saqlashga qaratilgan.



Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin