O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə87/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   250
majmua

Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya. Hozirgi zamon jamiyati o‘ta murakkab va faol ijtimoiy tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan jamiyat sifatida tavsiflash mumkin:

  • u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‘ich g‘oyani o‘zida mujassamlashtirmaydi, jamiyatning barcha a’zolari uchun muqarrar bo‘lgan olamshumul maqsadga ega bo‘lmaydi;

  • u o‘z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi;

  • unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‘ysunish hisobiga emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi;

  • mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir;

  • uning individlari erkin va mustaqil bo‘lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‘zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishga haqlidirlar;

  • individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, shu jumladan fikrlash va so‘z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurish erkinligi, o‘zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga egadirlar;

  • bu ko‘ppartiyaviy jamiyat bo‘lib, unda siyosiy partiyalar hech qanday bevosita ommaviyhokimiyat vakolatlariga ega emaslar;

  • davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning vakillik organlari aholi tomonidan saylanadi;

  • hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan. Zamonaviy jamiyatning umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi: fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, ko‘ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo‘linishi, xususiy mulk, bozor, shaxs erkinligi va suvereniteti.

Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui.
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi.Kishilarning rang-barang manfaatlari, ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‘yobga chiqariladi, bunga erishish uchun ular davlat oldida hisobdor bo‘lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar. Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish. Chunonchi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25 mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‘g‘ri keladi. XIX asr fransuz sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‘llab- quvvatlovchi ijtimoiy sharoitlar to‘g‘risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy tashkilotlar tuzishga bo‘lgan moyilligiga alohida e’tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va qiziqishlarga ega bo‘lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar.
Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok etadigan birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma’naviy

uyushmalar, jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko‘p kishilik va atigi bir nechta a’zodan iborat birlashmalardir... Shunday qilib, odamlar o‘zlarining umumiy xohish-istaklariga muvofiq bo‘lgan maqsadga bahamjihat erishish san’atida oliy barkamollikka erishdilar va jamoa harakatining mazkur usulini boshqalarga qaraganda ko‘proq qo‘llay boshladilar»26


Fuqarolik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov quyidagicha ta’rif beradi: “Fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z- o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va birbirini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim.
Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart”27

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin