O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə94/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   250
majmua

Ehtiyojlar va qadriyatlar. Insonga nima muhim? Muhimliklar dunyosi qadriyatlar dunyosi bilan ayniymi? Inson faoliyatining birinchi manbai va harakatlantiruvchi kuchi ehtiyojlardir. Inson ehtiyojlari uning hayotini,xususan jismoniy, aqliy, ma’naviy, ishlab chiqarishga doir, oilaviy hayotni saqlash yoki o‘zgartirish zaruriyatining ifodasi sifatida vujudga keladi. Ijobiy yoki salbiy aloqalar va munosabatlarning butun rang-barangligi tegishli ehtiyojlarni u yoki bu tarzda vujudga keltiradi. Inson bu ehtiyojlarni anglashi yoki anglamasligi yoinki noto‘g‘ri anglashi mumkin. Ammo, har qanday sharoitda ehtiyojlar insonni faoliyatga da’vat etadi. Bu faoliyat samarali yoki samarasiz, puxta o‘ylangan yoki spontan va tartibsiz bo‘lishi mumkin. Ehtiyojlar tashqi muhit predmetlari va sharoitlariga yoki ichki, ma’naviy uyg‘unlikka erishishga muhtojlik sifatida anglanadi. Ular tashqi dunyo bilan muayyan munosabatlarda namoyon bo‘lib, ob’ektlarni, o‘zlari yo‘naltirilgan mavjud borliqni ham, o‘z manbai sanalgan sub’ektning muhim xususiyatlarini ham tavsiflaydi. SHaxs faolligining teran asosi sanalgan ehtiyojlar inson faoliyatini ularni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiruvchi mo‘ljallar, mayllar va manfaatlarda o‘z rivojini topadi. Aynan ehtiyojlar inson ongining nisbiy mezoni, uning mayllari, manfaatlari, didlari va ideallarining poydevori hisoblanadi. Inson ehtiyojlari o‘zgaruvchan, harakatchan, o‘zaro bog‘langan va bir- birining o‘rnini bosishga qodir. Ularning ayrimlari vujudga keladi, ba’zilari yo‘q bo‘ladi, ayrimlari

aktuallashadi, ba’zilari ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Inson ehtiyojlari sifat jihatidan cheksiz va kengayishga qodir, zero, ularning shakllanishi individlarning bir-biri va jamiyat bilan ijtimoiy aloqalarining ko‘p sonliligi va intensivligini aks ettiradi. Ijtimoiy hayotning, ijtimoiy munosabatlar majmuining murakkablashuvi va differensiatsiyalanishi, moddiy va ma’naviy hayotning o‘z me’yorlari va qadriyatlari bilan rivojlanishi, inson ma’naviy hayotining jo‘shqinligi – bularning barchasi uning ehtiyojlari o‘zgarishi va rivojlanishini belgilaydi. Garchi, qadriyatlar ehtiyojlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular bilan uzviy emas. Ehtiyojlar harakatchan, qadriyatlar nisbatan barqarordir; ehtiyojlar ierarxiyaviy bo‘lib, ularning ierarxiyasi muntazam ravishda o‘zgaradi, qadriyatlar esa nisbatan o‘zgarmas va individ tomonidan uning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘zlashtiriladi. Bu hayotning har qanday sohasida yuz bergan yangiliklarga nisbatan ancha keng tarqalgan muxolifatni izohlaydi. Masalan, rim imperatorlari xristian dinining qimmatini tan olgunlariga qadar xristianlar asrlar mobaynida quvg‘in qilinganlar. Belorusiyalik mashhur rassom Mark SHagalning o‘ziga xos ijodi, garchi butun dunyoda yuksak baholangan bo‘lsa-da, o‘z vatanida hanuzgacha tan olinmagan va uncha ma’lum emas. Sezann ijodi rassomning o‘limidan keyingina tan olingan, uning tiriklik paytida esa mazkur buyuk musavvirning asarlari Parijdagi zamonaviy san’at ko‘rgazmalarida biror marta ham namoyish etilmagan, chunki nufuzli hay’at uning asarlarini diqqatga sazovor deb hisoblamagan va shu kabilar. Ayni hol shu bilan izohlanadiki, ehtiyojlar anglanishi yoki anglanmasligi yoinki noto‘g‘ri anglanishi mumkin. SHu sababli amalda muhim hodisalar qadriyatlar sifatida idrok etilmasligi, amalda qimmatga ega bo‘lmagan narsa esa, yanglish tarzda qadriyat sifatida tasavvur qilinishi mumkin.



Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin