O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Korrupsiya shakllanishining tarixi



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə111/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   250
majmua

Korrupsiya shakllanishining tarixi. BMT Kodeksida korrupsiyaga munosabat. O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.
Hozirgi zamonda tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmokda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan:“Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”. Fransuz mutafakkiri Sharl Monteske esa bu borada “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi” degan fikrlarni bildirgan. Korrupsiyaning jamiyatga tahdidi barcha millatlar, diniy, huquqiy adabiyotlarning qadimiy manbalarida ham qayd etiladi. Davlat boshqaruvi san’atiga bag‘ishlangan qadimiy hind dostonlaridan “Artxashastra” (er.avv.IV asr)da podshoh oldida turadigan mug‘im vazifalardan biri xazinani talontaroj qiluvchilarga qarshi kurashish ekanligi ta’kidlanadi. “Osmonda uchayotgan qushning qayoqqa qarab burilishini aytib berishdan ko‘ra, ayyor amaldorning qanday hiyla o‘ylab topishini oldindan aytib berish mushkulroqdir; dengizdagi baliq suvdan ichayotganligi yo ichmayotganligini aniqlab bo‘lmaganidek, amaldor unga ishonilgan mulkni o‘zlashtirayotgan yo o‘zlashtirmayotganligini ham aniqlab bo‘lmaydi”39 , - deyiladi. G‘arbiy Yevropa davlatlarining keyingi tarixida ham korrupsiyaning turli ko‘rinishlari va korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, o‘sha davrning ilg‘or yozuvchi faylasuflarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, Shekspirning “Venetsiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon” , Dantening “Do‘zax”, “Tozalovchi” kabi asarlarida ham yoritilgan. Dante korrupsionerlarni do‘zaxni eng qorong‘i va eng chuqur joyiga tashlash kerak degan fikrni bildirgan.
Korrupsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo Makiavelli o‘rganib, uni yo‘talga qiyoslab shunday degan edi, “Korrupsiyani ham yo‘talga o‘xshab oldin aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni o‘tkazib yuborsangiz uni aniqlash oson, ammo davolash qiyin”. Mana shu so‘zlardagi haqiqatni bugungi kunda dunyo bo‘yicha keng tarqalgan korrupsiya ko‘rinishlariga nisbatan ham qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Ma’lumki “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bulib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi yana “korroziya” suzi ya’ni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham beradi. Shundan kelib chikib bu so‘zni ijtimoiy ko‘rinishi hokimiyatni buzish, chiritish orkali sotib olish” degan ma’noni beradi. Korrupsiya muammolari bo‘yicha Yevropa Kengashi Guruhlarining 1-sessiyasi (1995 yil 22-24 fevral, Strasburg)da “Korrupsiya”ga shunday ta’rif berilgan.“Korrupsiya - pora olish (o‘ziga og‘dirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo‘lgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o‘z mansab vazifasidan yoki shunga o‘xshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan shuningdek o‘zi yoxud o‘zga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega bo‘lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat”.
Shuningdek, “Korrupsiya – mansabdor shaxs tomonidan muayyan harakat yoki harakatsizlik sodir etish (etmaslik) evaziga moddiy manfaatdor qilayotgan shaxsning manfaatini ko‘zlab mansab


39 Кузнецов Ю.А., Силинский Ю.Р., Хомутова А.В. Российское и зарубежное законодательство о мерах противодействия коррупции. /
vazifasini buzgan yozi buzmagan holda, turli shaklda moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy naf ko‘rishi.” (BMT mansabdor shaxslarining obod-axloq Kodeksi 17.12.1979 y). “Korrupsiya – shaxsiy manfaati yo‘lida davlat hokimiyati vazifalarini suiiste’mol qilishi (BMTning Korrupsiyaga qarshi xalqaro kurash bo‘yicha axborot hujjati). Korrupsiya – bu shaxsiy manfaat uchun davlat hokimiyati mansab vazifasini suiiste’mol qilish (Butunjahon banki hisoboti, 1997 y.) Jahon miqyosida quyidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqarohuquqiy hujjatlarni alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir:



  1. BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi”;




  1. Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgorlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi;

v) Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun fuqaroviy javobgarlik to‘g‘risida”gi Konvensiyasi;


g) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi model qonuni;


d) “Osiyo Taraqqiyot Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Osiyo va Tinch okeani korrupsiyaga qarshi harakat dasturi”;


Mamlakatimiz 2008 yil 7 iyulda BMTning “Korrupsiyaga qarshi” Konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) qo‘shildi. Davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashishning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shilgan. SHuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan.


O‘zbekiston mintaqamizda birinchilardan bo‘lib “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 3moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilgan, ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”40, deb ta’kidlab o‘tilgan.




40 Ш.М. Мирзиёев – Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ /. Тошкент : Ўзбекистон, 2016. 10 б.
Umuman olganda, korrupsiyani vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • o‘tish davridagi qiyinchilik;




  • ijro etish tizimining yomonlashuvi;




  • huquqiy nigilizm;




  • jamiyatda insonlarning huquqiy madaniyati;




  • iqtisodiy aspektlar;



Dunyodagi mamlakatlarda korrupsiyaning mamlakat boshqaruvi, iqtisodiyoti va boshqa sohalariga ta’sirini xalqaro nodavlat-notijorat “Transparency International” - “Transperensi interneshnl” tadqiqotlariga asosan baholab kelinadi.



Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin