O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə117/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   250
majmua

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA

mantiq fanidan tashqari falsafa, fiziologiya, psixologiya, dialektika, kibernetika fanlari ham o‘z predmeti nuqtai nazaridan o‘rganadi. Grammatika mantiq faniga yaqin. Tushuncha va hukmlarning ifodalanish strukturasini aniqlashda grammatikaning roli katta. Biroq yuqorida tilga olingan fanlarning har biri tafakkurga o‘z nuqtai nazaridan yondoshadi, uning turli qirralarini ochib beradi. Hozirgi kunda mantiq ilmining o‘zining ham turli yo‘nalishlari,tarmoqlari mavjud, ular orasida inson tafakkurini eng oddiy qonun – qoidalar bilan qurollantiradigan, uni to‘g‘ri fikrlashning tamoyillari bilan tanishtiradigan muhim tarmog‘i formal mantiq bo‘lib, u tarixiy kelib chiqishini e’tiborga olgan holda an’anaviy mantiq, ommaviyligi nuqtai nazaridan esa, umumiy mantiq deb ham yuritiladi.


Mantiq fani inson tafakkurining eng umumiy shakllari, qonunlari va fikrlash usullarini o‘rganadi. Mantiq fani tafakkurni rivojlantiradi, insonda umumiy tushunchalar, kategoriyalar bilan ish ko‘rish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Bu esa, bugungi fan texnika rivoji jadallashgan sharoitda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy – nazariy ma’lumotlarni samarali tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Formal va dialektik mantiq fanlari
Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. SHuningdek, dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. SHuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy turg‘unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal qilishni taqazo etadi. Dialektika ham, formal mantiq ham hamma vaqt falsafa tarkibida rivojlanib kelgan.
Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar darajasiga ko‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo‘lmay, balki ular o‘rtasidagi qarama – qarshilik taraqqiyotni ta’minlaydi, deb ko‘rsatadi. Formal mantiq va dialektik mantiq bir – biriga muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lsa, formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan ta’limotdir.
Matematik mantiq fani
Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar yordamida, matematik usul asosida o‘rganadi. Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi bosqich hisoblanadi. Ammo matematik mantiqning matematikaning o‘zidan ham, mantiq ilmidan ham farqli tomonlari bor. SHuning uchun matematikaning barcha tomonlarini bu mantiq qonunlari bilan izohlab bo‘lmaydi. SHuningdek, mantiqiy qonun va shakllarining hammasini ham matematik usul bilan hal qilib bo‘lmaydi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin