O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə121/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   250
majmua

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA

tafakkurga etaklaydigan, uning yordamida har safar hulosa chikarayotganda adashishga qarshi ehtiyot choralarni ko‘radigan san’atni-mantiq san’atini o‘rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo‘lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining tilga bo‘lgan munosabatiga o‘xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to‘g‘rilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unga xizmat qilishi zarur bo‘lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda aklni to‘g‘rilab turadi”.


Mantiq ilmining ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‘quv jarayonining samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq bo‘lishiga, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o‘rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar bo‘lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Zamonamiz fanlarining barchasiga inson qadr – qimmati, uning axloqi, madaniyati nuqtai nazaridan qarash kerak. Mantiq fani ham bundan istisno emas. Inson muammosining xal qilinishi, uning turmush tarzi, moddiy, ma’naviy, axloqiy nuqtai nazardan takomillashishiga bog‘liq.
Insoniylik muammosini hal qilishda mantiq ilmi, ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida, alohida ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, hozirgi zamon fanida yuksak kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda murakkab munosabatlar yuz bermoqda, bularni tahlil qilish uchun esa mantiqiy fikrlash madaniyati kerak. Fan yordamida inson faoliyati rivojlandi, uning oyoq, qo‘li va boshqa organlarining o‘rnini bosadigan mashinalar paydo bo‘ldi. Mantiq ilmini tadbiq etish natijasida inson intellektini rejalashtiruvchi
«aqliy mashina» lar vujudga keldi, binobarin, sun’iy aql vujudga kelmoqda. Bularning barchasi insonning aqliy va jismoniy mehnatini bajaradigan mashina yaratishning chegarasi bormi? Agar chegarasi bo‘lmasa, insonning o‘zi kelajakda qanday axvolga tushib qoladi ?, kabi savollarni keltirib chiqarmoqda va ularga javob berishni taqozo etadi. Bu hozirgi davrda hal qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun har qanday fan, shu jumladan mantiq ilmi, inson hayotining tabiiy va ijtimoiy tomonlarini mutanosib saqlash va takomillashtirishga alohida ahamiyat berishi kerak.
Mantiq fanining ilmiy ishonch – e’tiqodning shakllanishida tutgan o‘rni
Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tikodni mustahkamlaydi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Ana shuning uchun ham yoshlarda ilmiy asosga ega ishonch-e’tiqodni yaratish muhim ahamiyat kasb

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin