O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə123/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   250
majmua

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA

Mantiq inson tafakkuri madaniyatini ko‘tarish va insoniyatning uzoq tajribasi natijasida takomillashgan tafakkur shakllari, qonunlari va qoidalarini bilish uchun xizmat qiladi. U inson fikrining ketma – ket, ziddiyatsiz va asosli bo‘lishini ta’minlaydi. Mantiq fani mazmunini chuqurroq o‘rganish kishilarning o‘z tafakkuri va o‘zgalar tafakkuri natijalariga tanqidiy qarash xislatlarini rivojlantiradi. Tafakkurning bu sifatlari esa insonning turli ilmiy va amaliy faoliyatlari sohasidagi ishi uchun katta ahamiyatga ega. Mantiqiy usullardan to‘g‘ri foydalana olish, ta’lim tarbiya jarayonida isbot va raddiyaning mantiqiy tomonlarini bilish talabalarda o‘z nutqining asosli bo‘lishini ta’minlaydi, fikrdagi ziddiyatlarni ochishga yordam beradi.


Mantiqni yaxshi bilish turli ilmiy uchrashuvlar, munozaralar, muhokamalarda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Xususan, bunday hollarda fikrlash sub’ekti haqiqatni aniqlash yoki uning sofligini saqlab qolish, asoslash uchun mantiqiy qonun – qoidalarni to‘g‘ri tadbiq eta bilishi, suxbatdoshining fikridagi xatolarni tez topa olishi, o‘z fikrini dalilli qilib bayon etishi zarur. Bu esa uning mantiq fanini yaxshi bilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Tushuncha – tafakkurning mantiqiy shakli Tushuncha – predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi.
Belgilar muhim yoki nomuhim bo‘ladi. Predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo‘lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo‘lishimizga qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo‘lmagan belgilar boshqa munosabatda muhim bo‘lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo‘lsa, inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, ob’ektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo‘lishi bilan zaruriy aloqada bo‘lgan belgilardan) farq qiladi.
Predmet to‘xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo‘lganligi uchun vaqt o‘tishi bilan uning muhim bo‘lgan belgisi nomuhim bo‘lgan belgiga yoki aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin.
Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bilish bosqichida muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, nazariy bilish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi. Demak, tushunchada predmet o‘zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo‘lishi mumkin. Masalan,
«G‘afur G‘ulom» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, shoir) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, «Sen etim emassan» she’rining muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o‘zimiz yozib o‘tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin