bo‘ysunadigan tushunchaning hajmini to‘liq egallay olmaydi. Masalan, «baland bo‘yli odam» va «past bo‘yli odam» tushunchalari «odam» tushunchasining hajmini to‘liq qoplay olmaydi.
A – Odam.
V – Baland bo‘yli odam. A S – Past bo‘yli odam.
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo‘lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o‘laroq, bo‘ysundiruvchi tushunchaning hajmini to‘liq qoplaydi. Masalan:
A – Odam.
V – E’tiqodli odam.
S – E’tiqodsiz odam. A
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish ularning mazmuni va hajmini aniqlashtirishga, ularni bog‘lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o‘tishga yordam beradi. Masalan, «talaba» va «a’lochi» tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin.
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish tushunchalar ustida olib boriladigan amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Masalan, «mexanik harakat» tushunchasidan «aylanma harakat» tushunchasiga o‘tsak, uning hajmini chegaralagan bo‘lamiz. CHegaralashda berilgan tushuncha – «mexanik harakat» jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar qo‘shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha – «aylanma harakat» tushunchasi hosil bo‘ladi.
CHegaralash amalini davom ettirib, «Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi» tushunchasiga o‘tish mumkin. Demak, chegaralash davomida hosil bo‘lgan har bir yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha bo‘ladi. CHegaralash amali yakka tushuncha hosil bo‘lguncha davom ettirilishi mumkin. CHunki yakka tushunchaga nisbatan tur bo‘lgan tushuncha yo‘q.
Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha: A – Harakat.
V – Mexanik harakat.
S – Aylanma harakat.
D – Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha