O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə130/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   250
majmua

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA

Bo‘lishning ikkita turi mavjud: asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish va dixotomik bo‘lish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi bo‘lish uchun asos qilib olinib, uning o‘zgarishiga muvofiq holda predmetlarning ayrim guruhlari aniqlanadi. Masalan, burchakning o‘zgarishiga qarab «uchburchak» tushunchasi uchta tur tushunchaga: «to‘g‘ri burchakli uchburchak», «o‘tmas burchakli uchburchak», «o‘tkir burchakli uchburchak»larga ajratiladi. Bo‘lish asosi qilib bo‘linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday umumiy belgini olish mumkin. Masalan, «uchburchak» tushunchasini tomonlariga qarab «teng tomonli uchburchak», «teng yonli uchburchak», «turli tomonli uchburchak» tushunchalariga ajratish mumkin.


Tushunchaning qaysi belgisini bo‘lish asosi qilib olish bo‘lishda hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifaga bog‘liq. Lekin qanday vazifani hal qilishdan qat’i nazar, bo‘lish o‘zining ob’ektiv asosiga ega bo‘lishi lozim, ya’ni bo‘lish asosi bo‘lgan belgi predmetning umumiy belgisi bo‘lishi shart.
Dixotomik bo‘lish bo‘linuvchi tushunchani o‘zaro zid bo‘lgan ikkita tur tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni «dindorlar» va «dindor emaslar»ga ajratsak, dixotomik tarzda bo‘lgan bo‘lamiz. Dixotomik bo‘lish bir qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz bo‘linuvchi tushunchaning barcha turlarini ko‘rsatib o‘tirmasdan, o‘zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga zid bo‘lgan tushunchaga birlashtiramiz. SHu bilan birga dixotomik bo‘lish ma’lum bir kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo‘ladi. Undan tashqari, dixotomik bo‘lishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan maqsadga erishish mumkin. Agar, bo‘lish a’zolaridan biri, ayniqsa, inkor tushunchani o‘z navbatida bo‘linuvchi tushuncha deb qabul qilib, bo‘lish amalini davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin.
Bo‘lish amali to‘g‘ri borishi uchun ma’lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular bo‘lish qoidalari deb ataladi.

  1. Bo‘lish teng hajmli bo‘lishi, ya’ni bo‘lish a’zolari hajmlarining yig‘indisi bo‘linuvchi tushuncha hajmiga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, bo‘lish to‘liqsiz yoki ortiqcha bo‘lib qoladi. Birinchi xil xatoda ba’zi bo‘lish a’zolari ko‘rsatilmay qoladi. Masalan, «fe’l zamonlari» tushunchasini «o‘tgan zamon fe’li» va «hozirgi zamon fe’li» tushunchalariga ajratsak, ana shunday xato ro‘y beradi. CHunki «kelasi zamon fe’li» tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa ortiqcha bo‘lish a’zosi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, «bilish» tushunchasini «hissiy bilish», «tafakkur», «nazariy bilish»ga ajratib bo‘lmaydi. CHunki «nazariy bilish» bu erda ortiqchadir.

  2. Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, asos qilib olingan belgi bo‘lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi zarur. Masalan, «Qonun» tushunchasini «Tabiat qonuni», «Jamiyat qonuni», «Bilish qonuni», «Statistik qonun», «Dinamik qonun» tushunchalariga bo‘lsak, xato qilgan bo‘lamiz. CHunki bu erda bo‘lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta bo‘lish a’zosi


Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin