10-MAVZU.MANTIQILMININGPREDMETI,ASOSIYQONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA
qonunning amal qilish sohasi bo‘yicha, qolgan ikkitasi qonun ifoda qiluvchi hodisalar xarakteri bo‘yicha ajratilgan. Bu bilan bo‘lishdagi izchillik yo‘qolgan.
V. Bo‘lish a’zolari hajmi bo‘yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning uchun ular birga bo‘ysunish munosabatidagi tushunchalar bo‘lishi kerak. Agar «Bino» tushunchasini «Bir qavatli bino», «Ko‘p qavatli bino», «Osmono‘par bino» tushunchalariga bo‘lsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. CHunki «Ko‘p qavatli bino» tushunchasi bilan «Osmono‘par bino» tushunchasi bir-birini hajmi bo‘yicha istisno qilmaydi.
G. Bo‘lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda «sakrash» bo‘lmasligi kerak. Buning uchun jins tushunchaga eng yaqin bo‘lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinmog‘i lozim. Masalan, «Gap» tushunchasini «Sodda gap», «Ergashgan qo‘shma gap», «Bog‘langan qo‘shma gap» tushunchalariga ajratsak, bo‘lishdagi izchillik yo‘qoladi. Bunda oxirgi ikkita bo‘lish a’zosi «qo‘shma gap» tushunchasining turlaridir. Demak, «sakrash» hodisasi ro‘y bergan.
Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning alohida turidir. Tasniflash predmetlarni ma’lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat bo‘lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvallar, tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Mantiqda sun’iy va tabiiy tasniflar farq qilinadi. Sun’iy tasnif predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko‘rsatish mumkin. Tabiiy tasnifni amalga oshirish uchun bo‘lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun ham u predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy jadvali, Darvinning jonli tabiat predmetlari tasnifi misol bo‘la oladi.
Tasniflashda tushunchani bo‘lish qoidalariga amal qilish zarur.
Tasniflar nisbiy turg‘un xarakterga ega. Ular bilishda va kundalik turmushda uzoq yillar davomida ishlatiladi.
Albatta, bilimlarimizning taraqqiy etishi, yangi bilimlarning vujudga kelishi ko‘p hollarda tasniflarga tuzatishlar kiritishni, ba’zan esa butunlay yangisi bilan almashtirilishini taqozo etadi. SHunga qaramasdan, tasniflash mavjud bilimlarimizni tizimga solish vositasi sifatida bilishda o‘zining muhim ahamiyatiga ega bo‘lib qoladi.
Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya)
Ta’riflash (yoki definitsiya) tushunchaning mazmunini ochib beradigan mantiqiy amaldir. Ta’rif aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismni mazmuni ochib berilishi lozim bo‘lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa, aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. Masalan, «mantiq to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fandir» degan ta’rifda «Mantiq» aniqlanuvchi qismni, qolganlari esa aniqlovchi