O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə156/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   250
majmua

GEDONIZM – (yunon. hedone – huzur–halovat, rohatlanish) etika nazariyasidagi axloqiy talablarni asoslash tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob uqubatdan qutqazuvchi narsa yaxshilik deb, azob–uqubat keltiruvchi narsa esa yomonlik deb ta’rif qilinadi. Nazariy G. etikadagi naturalizmning bir ko‘rinishidir. Insonga tabiat tomonidan jo qilingan va uning butun ish amalini belgilaydigan, bosh harakatlantiruvchi ibtido – huzur-halovatdan iborat degan tasavvur G.ning asosini tashkil etadi. Huzur–halovatga erishish maqsadi birdan–bir ishtiyoq va shu bilan birga axloqiy talab, deb e’lon qilinadi.
G. axloq–odob tamoyili sifatida kishilarga dunyoning shod xurramliklariga, o‘zlari va boshqalar uchun yuksak rohat–farog‘at olishga intilishni buyuradi. Gedonizm qadim zamondayoq paydo bo‘lgan. Gretsiyada Aristipp etikasining muxlislari bo‘lgan va huzur– halovatni oliy saodat deb hisoblagan kishilar gedoniklar deb atalgan. G. Epikur nazariyasida eng rivojlangan nuqtasiga erishgan. G. g‘oyalari Mill va Betnam utilitarizmida markaziy o‘rinni egallagan. Hozirgi zamon nazariyalarida Gedonizm odatda faqat uslubiy tamoyil – yaxshilikni ta’riflash usuli sifatida mavjuddir.
G. ta’limoti insoniyatning ilk davrlaridan boshlaboq hozirgacha etib kelgan ta’limotlardan biri sifatida yaxshi sharoitlarda yashash, zeb-ziynatlarga burkanish, huzur - halovatga intilishni targ‘ib etib keldi. Negaki inson tabiatan huzur-halovatga intiladi. Ammo har bir narsada me’yor bo‘lgani kabi inson huzur-halovatida ham me’yorga rioya qilish zarur. Inson o‘z hayotida me’yorlarga qat’iy asoslanib yashashi bilan o‘zligini yo‘qotmaydi. Beruniy ayganidek, “Inson hayotida lazzat me’yorining buzilishi uni halokatga etaklaydi”.
EVDEMONIZM – (yunon. eudania–rohat–farog‘at, baxt–saodat) –axloq –odobning gedonizmga yaqin uslubiy tamoyili. E. antik dunyo axloqiy nazariyalarida to‘liq ravishda namoyon bo‘lgan. (Demokrit, Sokrat, Aristotel). Baxtga intilishni e. axloq–odobning mezoni va inson axloqiy xatti–harakatining asosi deb hisoblaydi, shaxsiy baxtga intilish – individualistik e. ijtimoiy baxtga intilish – sotsial e. dey.adi.
XVIII asr fransuz materialistlari (Gelvetsiy, Didro) qarashlarida ham e.g‘oyalari mavjud edi. Ular inson baxti – har qanday jamiyatning va har qanday foydali inson faoliyatining tub maqsadidir, deb chiqqan edilar. Evdemonistik etika o‘z faolligi va insonparvarligi bilan xristianlik etikasidan beqiyos yuqori turadi, chunki u oxiratda emas, balki erda baxtga erishishga da’vat etadi.
Evdemonistlar inson ham ma’naviy, ham jismoniy sog‘lomlikka intilsa, o‘zining va o‘zgalarning barcha ezgu xususiyatlarining shakllanishiga yordam bersa hamda bu bilan zamondoshlar va kelajak avlod obro‘–e’tiboriga sazovor bo‘lsa bunday insonni baxtli va komil deb e’tirof etganlar.
Baxt ob’ektiv prinsip bo‘lishi mumkinmi, alohida individlarga ularning xohish istaklari, qiziqishlari, ehtiyojlari va insoniy jamiyatlari turli xil bo‘lishiga qaramasdan har biriga axloqiy mutanosiblik berish imkoniyatiga egami, degan savollar ularni qiziqtiradi. E. bu savollarga ijobiy javob beradi va baxtni xulq-atvorning axloqiy prinsipi darajasigacha ko‘taradi.
E.ning muhimligi faqatgina xulqni asoslash usuli hamda xulqni to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga qo‘yishda va baxtga bog‘liqligida emas. Xulqning o‘zi birinchi navbatda tashqi muhitdan qabul qilingan hissiyotlar bilan bog‘lanuvchi qadriyat, shuningdek lazzatni xis qilish, qalbiy komfort, fikr va harakatlarning ezgulikka doir obraziga hamrohlik qiluvchi tushuncha sifatida alohida tushuniladi.
E.ning ijtimoiy xususiyatlarini Bentam ishlab chiqqan. Alohida individning barcha ezgu faoliyati qanchalik ko‘p kishilarni baxtli qilishi darajasi bilan ahamiyat kasb etadi. Sotsial e.ning mohiyati jamiyatdagi barcha kishilar baxtiga intilish bilan izohlanadi. Davlat va uning barcha institutlari, ularning tadbirlari va qonunlari mana shu buyuk maqsad yo‘lidagi vosita, xolos. Ijtimoiy e. oxir–oqibat, utilitarizmga olib keladi.



  1. Yüklə 6,03 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin