O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə159/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   250
majmua

Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o‘z huquqlari jihatidan teng emas, ular ota bilan o‘g‘ilga o‘xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati - o‘zgarmas va abadiy ayol fazilat bo‘lmish donishmandlik.

U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbai esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruxni (jon, qalb, nafsni), vujuddan farqli ravishda, o‘lmas deb xisoblaydi, lekin o‘z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qizikuvchanlik zararli. CHunki ma’budlar o‘zlari odamlarga ochishni istamagan narsalarninr tadqiq etilishini yoqmaydi.


Suqrotdan farqli o‘laroq, Aflotun (miloddan avvalgi 427- 347) axloqshunosligi uchun aksincha, g‘oyalar va rux xaqda ta’limotlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Aflotunning g‘oyalar ta’limotiga ko‘ra, bizga ko‘rinib turgan, biz qilayotgan dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson aqli ojizlik qiladi. Inson g‘or devoriga kishanband qilib ko‘yilgan tutkunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliq ning noaniq soyalarini kuzatadi, xaqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq o‘sha asl borliqni ko‘ra oladigan mangu- o‘lmas rux mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va xirsli qismi esa doimo rynohkop erga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelgand ruh (qalb, jon) g‘oyalar dunyosidan vujudga yiqiladi va inson tyg‘iladi. Insonning tyg‘ilishi , shunday qilib, ruhning gynoxga botishi barobarida voqe bo‘ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir; ruh g‘oyalar dunyosidan bilganlariiing bazilarini eslaydi va vujuddagi xayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o‘ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq, ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.


Aflotun donishmandlikni oliy fazilat, ruxdagi aqliy qismning namoyon bo‘lishi deb biladi va davlatni boshqarishra loyiq yagona toifa sifatida donishmand-faylasuflarni tan oladi. YOvqurlik - qo‘riqchilarga davlatni ximoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning - xirsli qismi bilan bog‘liq bo‘lgan mo‘‘tadillik xunarmand-kosiblar, dexqonlarga, yani, xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga bo‘ysunishi shart. Ulardan so‘ng qullar turadi. Kullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan yiroq, zotan ularning ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunnning fikriga ko‘ra, adolat shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. SHu sababdan u: “Biz tabiatiga ko‘ra uchga bo‘lingan tabaqalarning xar biri faqat o‘z yumushi bilan shyg‘ullangan davlatnigina tan olamiz”, deydi. SHuningdek, tijorat fuqarolarni yo‘ldan ozdiradigan soxa bo‘lgani uchun, u bilan adolatli davlatda xorijliklar shyg‘ullanishi kerak.


Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna sifatida iloxiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unta iqtido qilmog‘i, undan namuna olmog‘i kerak, Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishirina donishmand bulishi mumkin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi qatiy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u kun jihatdan vedachilik axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.


Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomasi – Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar) va Epikurning (milodan avvalgi 341-270yillar) axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu birinchi bo‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro‘poda qabul qilingan) “Etika” degan nomni berdi. Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o‘g‘liga bag‘ishlangan “Nikomaxning axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq kitobi” risolalarida o‘z aksini topgan




Arastu qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bulib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma

xususiyati emas, balki kasb etiladigan (xosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo‘ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajri6akorlik, topqirlik, singari ma’naviy soxa bilan bog‘liq aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning intilyvchan(ixtiyoriy) qismi - sof axloq bilan bog‘liq, fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. “Fazilat, - deydi Arastu - ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, doimo o‘rtalikka intiladi”. Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo‘rqoqlik orasidari o‘rtalik va xokazo. SHuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni xarakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard ma:qsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida bo‘lmaydi.


Arastu Aflotundan farqli o‘laroq, vujud va puh yaxlitligi nuqtai nazarini ilgari suradi, inson kamolotga, oliy ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, xirsu ehgiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda ixtiyor erkinligi bor, zero u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil hukmronlik mavqeiga ega.


Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitda ko‘radi, maqsad vositani belgilaydi, shu sababli maqsadning axloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayniqsa, axloqsiz maqsad axloqsiz vositalarni talab qiladi.


Arastu aql - idrok faoliyatini xayot va faoliyatning oliy shakli, hech bir narca bilan qiyoslab bo‘lmaydigan qadriyat , deb xisoblaydi. Oliy aql doirasida sub’ekt va ob’ekt, fikr va fikrning narsa xodisasi bir-biriga mos, ya’ni Oliy aql (Xudo) tafakkur xaqidagi tafakkurdir. Garchand inson xech qachon iloxiy xayot darajasiga etisha olmasa-da, lekin unga ideal sifatida imkon boricha intilishi kerak, inson erishgan komillik doimo nisbiy bo‘ladi.


Shunday qilib Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan yo‘g‘rilgan kishidir; aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past darajali, zaif, ko‘z yoshiga erk beradigan, o‘zini tutolmaydigan inson, ularda extiros aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘ladilar, shuning uchun xam donishmandlik ularga xos emas, xotin erga bo‘ysunishi adolat tamoyilini buzmaydi. San’at, siyosat va ilm fan ozod kishilar uchun, qul, umuman, axloqdan tashqaridagi mavjudot, qushlarni past tabaqali kishilar, xatto jonli narsalar qatoriga kiritish Arastuning inson moxiyatini ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida tushunishidan kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan, qabila, jamoa, davlatdan tashqaridagi odam yo Xudo, yoki xayvon. Shu bois yot qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega bo‘lmagan qullar odam xisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.


Arastu yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak qo‘yadi va bu bilan mushoxadakor hayotni, nazariyara, ijodga bag‘ishlangan xayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. Shunga ko‘ra, buyuk mutafakkir antik, dunyo fuqarosining an’naviy fazilatlari bo‘lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq, uning insonga muhabbati, insonparvarligi bizning xozirgi barcha bandalar Xudoning oldida baravar, degan tushunchamizdan farq qiladi. Yuqorida ko‘rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, tenglik tushunchasi Arastuga yot. U faqat odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va xayrixoxlikni tan oladi.


Epikur esa o‘z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi: “Insoniing biror bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so‘zlari ma’nosizdir. Badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan xech qanday foyda bo‘lmagani kabi, puh (qalbni) davolay olmaydigan falsafadan xam foyda yo‘q.”


Epikurning fikriga ko‘ra insonda tanlov ixtiyori bor. U xam Demokrit kabi ezgulik xaqidagi ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhim ruhiy xotirjamlik. Do‘stlaridan birini u shunday deb yozadi; - “3arrin to‘shagu to‘kin dasto‘rxoning bo‘lib, bexalovat yashagandan ko‘ra, poxol to‘shakda xotirjam yotganing afzal!” Fazilatlar orasida Epikyp adolat bilan donishmandlikka aloxida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va nisbiylik xollari mavjudligini ta’kidlab o‘tadi: “Umuman, adolat xamma uchun bir xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali xodisa, lekin muayyan mamlakatlarning o‘ziga xosligi nyqtai nazaridan va shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun bir xilda bulolmay qoladi” Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishidan, xotirjamlikka hamda ruxning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog‘lomlikdan yuzaga keladi.




O‘lim qarshisidagi qo‘rquv borasida gapirib, Epikur, uning manbaini ruhning o‘lmasligi va iztiroblarning abadiyligi haqidagi noto‘ri tasavvurlarda deb xisoblaydi. Zero ruh ham vujud singari atomlardan iborat. Tabiatdagi hamma narsa atomlar birikuvidan hosil bo‘lgan ularning parchalanishi bilan ruh ham parchalanadi. O‘lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi; “Yovuzlikning eng dahshatlisi bulmish o‘limning bizga hech qanday aloqasi yo‘q chunki biz hali mavjud ekanmiz, o‘lim kelmaydi, o‘lim kelganda esa biz mavjud bo‘lmaymiz. Shunday qilib, o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga ham aloqasi yo‘q chunki birlari uchun u mavjud emas, boshqalarning esa o‘zlari mavjud emas”.


Epikur iztirobdan qochishni emas uni engish kerakligini ta’kidlaydi. Buning uchun axloqiy qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi ko‘yilishi kerak, uning axloq ideali - erdagi hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha tabiat bilan hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat belgilab bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydiran donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga muvofiklikda , turli bid’at va aldamchi fikrlardan qytilib, o‘z ehgiyojlarini tabiiy zarurat bilan moslashtirilgan holdagina donishmand tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga erishadi.Donishmand o‘z kuchi me’yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. Unga baxt manbai
- faqat ma’naviy ezgulikda, do‘stlik bilan bilimda bo‘lgan nisbatan mustahkam va uzoq muddatli lazzatda ekani ayon.

Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka asoslangan do‘stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shyg‘yllanish ham xuddi do‘stlik singari ruhan xotirjamlikka etishishga olib keladi.


Qadimgi Sharq axloqshunosligi, erishgan yutyqlarni yuksak nazariy darajara ko‘targan Qadigi Yunon axloqshunosligi jahonshymyl ahamiyat kasb etdi. Yunonlik mutafakkirlar ilk bor inson shaxsni, inson xatgi-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish muammolarini tushuntirishga urindilar.


Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mytafakkirlari davom ettirdilar.


Tit Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur aaxloqiy ta’limotining izchil himoyachisi sifatida, mashhur “Narsalarning tabiati haqida” degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini ta’kidlaydi, ruhning o‘lishi to‘g‘risida fikr yurigadi, insonning o‘lim qo‘rquvidan xalos bo‘lishida axloqiy ma’no borligini aytib o‘tadi. Ulim qo‘rquvidan va ma’budlar oldidagi qo‘rkuvdan xalos bo‘lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql –idrok va histuyg‘ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.


Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, xam axloqsh:unos faylasuf. Uning “Fazab haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari axloqsh:unoslikka doir risolalari ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsiliyga axloqiy maktyblar” asari mashxur. Senekaning fikriga ko‘ra, dunyo moddiy biroq, unda qandaydir jonli ibtido xukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi ahamiyati yo‘q. Muhimi shuki, uning yozig‘i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma’nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo‘qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko‘radi. U o‘limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o‘z-o‘zini o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi bilan bog‘liq. Seneka qul bilan ozod kishining ma’naviy tengligini ta’kidlaydi: “Ular qullarmi? Yo‘q odamlar. Ular qullarmi? Yo‘q, ular yyingdagi qo‘shnilar. Ular kullarmi? Yo‘q, sening itoatkor do‘stlaring. Ular qullarmi? Yo‘q, ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham, ular xam taqsirning qullarisiz”. Albatga, bu o‘rinda Seneka ijgimoiy tenglikni emas, balki qul bilan quldorning axloqiy tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi - shaxs uchun o‘z-o‘zini qadrlash na g‘urup-iftixor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan ekan, u taqsir ko‘rgiliklariga bo‘ysunmaydi, qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor turadi. Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha taqdir muqarrar; aql -idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma’budlar irodasiga katiyan bog‘liq ichki dunyo insonning hukmi ostida; xaqiqiy donishmandning erki shundaki, u o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘zga bog‘liq bo‘lmagan narsalar bilan chalkashtiri6 yubormaydi; xayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo‘lga kiritish; unga eltadigan yo‘l bitga - ma’budlar irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo‘‘tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko‘rish.


Epiktetning fikriga ko‘ra, baxt, xaqiqiy saodat-fazilatda, fazilat esa bytynlay insonning ijodidir, zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o‘zing yoqtirmaydigan sharoitni o‘zgalarga ravo ko‘rma, agar qul bo‘lishni istamasang, atrofingda qullika yul berma, degan fikrni ilgari suradi.


SHunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari xam inson hatti-xarakatlari muammosini o‘rtaga tashlaydi va insonning olamdagi o‘rni xamda xayotning maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday- intilish, ayni paytda, bytyn Qadimgi dunyo mymtoz axloqshunoslariga xosdir. Xullas, Qadimgi dunyoning mymtoz axloqshunoslari oddiy axloq-odob qoidalari, pand-o‘gitlar va hikmatlardan tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. SHy meros xanuzgacha o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgani yo‘q, hanuzgacha jahon axloqshunosligi ko‘p xollarda o‘sha tushunchalar va tamoyillarga yangicha yondoshuv asosida taraqqiy etib kelmoqda.


Shu o‘rinda yana bir, xozirgacha etarli e’tibor qilmay kelinayotgan masalaga oydinlik kiritishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bu - Qadimgi YUnon tafakkuri bilan o‘rta acplap musulmon SHarqi falsafasining - xususan axloqshunosligining bog‘liqligi masalasi. Nima uchun bizning alloma ajdodlarimiz Qadimgi SHarq, jumladan, Xindi-Xitoy mintakasi mutafakkirlari izidan emas, Ovro‘palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotunni o‘rgandilar, ko‘klarga ko‘tardilar, Arastuni esa eng ulkan ustoz – birinchi muallim deb atadilar?


Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavxidda - yakkaxudolikda.Olloh yagona, uning sherigi yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkirlari aynan ana shu tavxid yo‘lidan bordilar. Birinchi bo‘lib bu masalani Suqrot aniq o‘rtaga tashladi. U o‘limga maxkum etilganida, unga yunonlar xudolarini xurmat qilmaganligi, yoshlarni boshka yo‘lga (aslida tavxid yo‘liga) burib yuborayotgani ayb qilib qo‘yiladi. Suqrotning o‘limi oldidagi so‘nggi gapi xam shuni tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: “Men Uning (ularning emas! -A SH.) yoniga ketyapman!”, deydi


u. SHuningdek, Aflotunning g‘oyalar, olamiy puh emanatsiya xaqidagi fiqplari xam to‘g‘ridan- to‘g‘ri yakka xudolik masalasiga borib takaladi, lekin Suqrot va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy nyqtai nazardan isbatlashni uz oldiga vazifa qilib qo‘ymadilar, bunga urinmadilar. Bu ishni Arastu uddaladi. U uzining mashhur “Metafizika” asarida Xudoning yakkaligini jismsiz, xech narsa tomonidan xarakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi xarakatga keltiruvchi kuch ekanini nazariy isbotlab berdi. Uni “Oliy shakl” (forma) deb ataydi. Arastu talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi xisoblanadi, u yuqorida keltirganimizdek, Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi Tafakkurdir.


O‘rta asrlar, musulmon Sharqi mytafakkirlarining qadimgi YUnon tafakkuriga, xususan, axloqshunosligiga ulkan e’tiborining taqlidining asl sababi ana shunda.



  1. Yüklə 6,03 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin