O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Talaba portfoliosining komponentlari



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə236/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   250
majmua

Talaba portfoliosining komponentlari


Portfolio tarkibi talabaning semestr yoki o‘quv yili davomidagi mustaqil ishlaridan iborat bo‘lmog‘i lozim. Talaba ushbu «portfolio» orqali anjumanlarda chiqish qilib, o‘zining mustaqil fikrlashga, fan bo‘yicha olgan bilimlarini ijodiy amalda tadbiq etishga qodirligini namoyish etgan holda, o‘z-o‘ziga ushbu bilim doirasi bo‘yicha shaxsan bahosini beradi. Bu talabaga o‘z yutuqlari, olgan bilimlari va ijodiy ishlarini mustaqil tahlil qilish va unga o‘z bahosini berish, uni o‘qituvchi yoki hamkorlari bilan baham ko‘rish imkonini yaratadi.


Bunday «portfolio» tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

    • titul;

    • mazmuni;

    • har bir materialning qisqacha mazmuni va talaba uchun tushunchalar;

    • nima uchun ushbu material yoki bilim sohasi olinganlik sababi;

    • portfolio o‘qituvchi va talabaning o‘zi tomonidan qanday baholanganligi;

    • fan bo‘yicha yutuqlari tarixi;

    • « portfolio»ni yaratish muddati va taqdimot vaqti. Muallifga «portfolio»ni yaratishda to‘liq erkinlik beriladi.

Talabaning dunyoqarashlari, fikrlarining mantiqiyligi, nutq va bayon etish madaniyati, o‘z fikrini isbotlay olishi kabi omillar uning faoliyatini baholashda asosiy mezonlardan biri sifatida foydalaniladi. Ayrim hollarda o‘qituvchi «portfolio» tarkibiga o‘z talablarini qo‘yishi ham mumkin.

Portfolio tarkibi quyidagi materiallardan iborat bo‘lishi mumkin:


Titul varaqa - «portfolio»ni nomi, talaba f.i.sh., fanning nomi, «portfolio»ni yuritish davri (semestr yoki o‘quv yili), boshlanish va tugash sanasi, o‘qituvchi f.i.sh.

«Portfolio» tarkibi:


    • fan bo‘yicha talabaning erishgan yutuqlari (shaxsiy faoliyat natijalari tahlili, nimani o‘zlashtirish oson, nima qiyin kechyapdi, ushbu qiyinchiliklar mohiyati nimada va b);

    • yozuvlar, ma’ruzalar, uy vazifalari (fanning turli bo‘limlari bo‘yicha kamida 8 ta topshiriq beriladi, albatta bunda mustaqil fikrlash qobiliyati, fikrlarning originalligi hisobga olinadi, talaba bitta muammo yoki topshiriq echimining turli xil yo‘llarini ko‘rsatishi zarur;  nazorat va mustaqil ishlar (kamida 3 ta mavzu bo‘yicha 5-6 ta mustaqil ish);

    • testlar;

    • axborot texnologiyalaridan foydalanish (axborot texnologiyalari foydalanilgan kamida 2 ta misol, dasturiy material);

    • guruhiy loyihalar (talaba ishtirok etgan har bir loyiha batafsil yoziladi);

    • sizning sevimli ishingiz;

    • talaba faoliyati bo‘yicha baholar (o‘qituvchi va ekspertlar bahosi).


Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin