O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 6,03 Mb.
səhifə28/250
tarix10.12.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#139327
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   250
majmua

Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan bino bo‘lgan. Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‘q. Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau va boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu ma’noda borliq va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi11.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo‘lgan narsaning ob’ektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda mavjud bo‘ladi va o‘zining «ikkinchi»borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning nusxasi, ideal obrazi bo‘lib qoladi. Shunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi, basharti


11 Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века // Онтология, гносеология, логика и аналитическая философия. –СП(б).: 1997 г. с. 93.
u dolzarb va amalda namoyon bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lsa, agar upotensial, ya’ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‘lishi ob’ektivrivojlanish mantig‘i bilan belgilangan bo‘lsa. Amalda yo‘q bo‘lgan narsa haqidaideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‘tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu ma’noda so‘z yuritishimiz mumkin.Ayni shu ma’noda biz g‘oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o‘zimizga yaqin odamlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz, bunda ular yo‘qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‘zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz. Shunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar o‘z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo‘lmish insonni bilish yo‘lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rangbarangligi, turli darajalari, ko‘rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi. Inson o‘zi va umuman dunyo haqida o‘ylar ekan, odatda, muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko‘radi. Ayni vaqtda, u o‘zini qurshagan dunyoni sinchiklab o‘rganish va uning butun rangbarangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak- shubhasizmavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o‘rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak mavjudman», degan ongli inson amal qilganini ko‘ramiz. Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‘xtab qolmagan va o‘zini qurshagan borliqning ko‘p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin